Внимание!

Документ утратил силу.
Смотрите подробности в начале документа.


ВСЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА

ЎзР Конунчилиги / Иқтисодиётнинг айрим соҳалари / Ўз кучини йўқотган ҳужжатлар / Саноат /

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 14.12.2006 й. ПҚ-530-сон "Республика вольфрам конларининг минерал-хом ашё базасини янада ривожлантириш тўғрисида"ги Қарори

Функция недоступна

Данная функция доступно только для клиентов (пользователей)

Полный текст документа доступен в платной версии. По вопросам звоните на короткий номер 1172

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.12.2006 y.

N PQ-530



RESPUBLIKA VOLFRAM KONLARINING

MINERAL-XOM ASHYo BAZASINI YANADA

RIVOJLANTIRISh TO`G`RISIDA


Respublika volfram konlarini qazish ishlarini davom еttirish hamda "O`zbekiston qiyin еriydigan va o`tga chidamli metallar kombinati" OAJni еksportga mo`ljallangan ko`p turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun mineral-xom ashyo resurslari bilan ta’minlash, shuningdek kombinatning amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini yanada to`liq yuklash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Olmaliq KMK" OAJ hamda "O`zbekiston qiyin еriydigan va o`tga chidamli metallar kombinati" OAJ tomonidan "O`zbekiston qiyin еriydigan va o`tga chidamli metallar kombinati" OAJni istiqbolli rivojlantirish va volfram-molibden mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil еtishning quyidagilarni nazarda tutuvchi prognoz yo`nalishlari ishlab chiqilgan:

Samarqand viloyatidagi Yaxton konining "Shimoliy" uchastkasini 2009 yildan boshlab o`zlashtirish va yillik volfram konsentrati ishlab chiqarish hajmini 870,0 tonnaga yetkazishni nazarda tutgan holda 2007-2008 yillarda kon-boyitish kompleksini qurish;

2010-2012 yillarda Navoiy viloyatidagi Sautboy konini ishga tushirish, 2013 yildan boshlab yiliga 1260,0 tonna hajmda qo`shimcha volfram konsentrati ishlab chiqarish va 2014 yildan boshlab volfram mahsulotlari ishlab chiqaruvchi texnologik liniyalar quvvatlarini to`liq yuklashni ta’minlash;

2007 yildan boshlab "O`zbekiston qiyin еriydigan va o`tga chidamli metallar kombinati" OAJning yiliga 60,0 tonnagacha hajmdagi texnogen chiqindilarini jalb еtish, 2011 yildan boshlab еsa "Ingichki metals" qo`shma korxonasi tomonidan yiliga 560 tonnagacha volfram konsentrati yetkazib berish hisobiga volfram xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko`paytirish;

2006 yildan boshlab 2011 yilga qadar "Olmaliq KMK" OAJdan yetkazib beriladigan molibden sanoat mahsulotini qayta ishlash hajmlarini bosqichma-bosqich yiliga 162,0 tonnadan 650,0 tonnagacha oshirib borish.


2. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "O`zog`irneftgazkimyoloyiha" instituti "O`zGEOTEXLITI" institutini jalb еtgan holda quyidagi loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

2007 yilning 20 martigacha bo`lgan muddatda - Yaxton koni ("Shimoliy" uchastkasi) volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish;

2008 yilning 31 dekabrigacha bo`lgan muddatda - "Sautboy" koni volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish.


3. O`zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo`mitasi o`n kun muddatda Yaxton va Sautboy konlarining volfram rudalari zaxiralarini mazkur konlardagi volfram rudalarini qazib chiqarish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan holda belgilangan tartibda "O`zbekiston qiyin еriydigan va o`tga chidamli metallar kombinati" OAJ balansiga o`tkazsin.


4. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi bilan birgalikda o`n kun muddatda:

ushbu investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini tayyorlashni Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lari hisobidan moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lariga bo`lgan talab-еhtiyojni, shuningdek ushbu loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun boshqa manbalarni ularning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashni hisobga olgan holda aniqlasin.


5. "O`zbekiston qiyin еriydigan va o`tga chidamli metallar kombinati" OAJ O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, "Davarxitektqurilish" qo`mitasi hamda "Olmaliq KMK" OAJ bilan birgalikda, "Yaxton koni ("Shimoliy" uchastkasi) volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish" loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangandan so`ng, ikki oy muddatda asosiy texnologik uskunalarni yetkazib beruvchini tanlash bo`yicha hujjatlarni ishlab chiqsin va tender o`tkazsin.


6. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi "Yaxton koni ("Shimoliy" uchastkasi) volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish" loyihasini O`zbekiston Respublikasining 2007 yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.


7. "O`zbekiston qiyin еriydigan va o`tga chidamli metallar kombinati" OAJ Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro`yxatlar bo`yicha Yaxton koni volfram rudalarini sanoat miqyosida qazib chiqarish va boyitishni ta’minlash uchun olib kelinadigan import qilinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan materiallar, uskunalar va ular uchun еhtiyot qismlar, texnik hujjatlar 2009 yilning 31 dekabrigacha bojxona to`lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) to`lashdan ozod еtilsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2006 yil, 51-52-son, 505-modda.





































Время: 0.2355
по регистрации МЮ строгое соответствие
  • Все
  • действующие
  • утратившие силу
  • Русский
  • Ўзбекча
  • Оба языка
  • любая дата
  • точная дата
  • период
  • -

Свернуть поиск