ВСЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА

ЎзР Конунчилиги / Хўжалик ва тадбиркорлик фаолиятининг умумий масалалари / Инвестициялар / Алоҳида корхоналар ва лойиҳалар бўйича ҳужжатлар / Тўқимачилик ва тери-пойабзал саноати /

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 27.10.2003 й. 466-сон "Бурсел-Боғот текстиль" Ўзбекистон-Туркия қўшма корхонаси фаолиятини ташкил этиш тўғрисида"ги Қарори

Функция недоступна

Данная функция доступно только для клиентов (пользователей)

Полный текст документа доступен в платной версии. По вопросам звоните на короткий номер 1172

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.10.2003 y.

N 466


"BURSEL-BOG`OT TEKSTIL"

O`ZBEKISTON-TURKIYa QO`SHMA KORXONASI

FAOLIYATINI TASHKIL ETISh TO`G`RISIDA


Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni ta’minlash va raqobatbardosh iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko`paytirish, Xorazm viloyatining mehnat resurslari ortiqcha bo`lgan tumanlarida korxonalar barpo еtish, respublikaning еksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorazm viloyati hokimligi, "O`zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Marubeni korporeyshn" (Yaponiya) va "Bursel tekstil" (Turkiya) kompaniyalarining Xorazm viloyatining Bog`ot shahridagi qurilishi tugallanmagan ob’ekt bazasida bir yilda 5,07 ming tonna kalava, 6,0 ming tonna trikotaj polotno va 4,21 millionta choyshab komplekti ishlab chiqaradigan "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasi tashkil еtish to`g`risidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

"Bursel tekstil" firmasi "O`zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ko`rsatib o`tilgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasining zarur miqdordagi ustav fondini shakllantirish majburiyatini o`z zimmasiga olganligi;

dastlabki qiymati 47,0 mln AQSh dollari miqdoridagi mashinalar, asbob-uskunalar va qurilish materiallarini yetkazib berish uchun kontraktni mablag` bilan ta’minlash "Bursel tekstil" firmasining "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasi ustav fondiga 7,05 mln AQSh dollari miqdoridagi ulushi va Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining dastlabki 39,95 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga amalga oshirilishi;

"Bursel tekstil" kompaniyasi tayyor mahsulotning 80 foizi jahon narxlari bo`yicha еksport qilinishini ta’minlash majburiyatini olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Loyihaning va kontraktning uzil-kesil qiymati texnik-iqtisodiy asoslash еkspertizadan o`tkazilishi natijasiga ko`ra aniqlanadi.


3. Belgilansinki, Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan krediti va u bo`yicha foizlar kredit shartnomasi shartlariga muvofiq "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasining o`z valyuta mablag`lari hisobiga qaytariladi.


4. "O`zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O`zengsanloyiha" instituti "Bursel tekstil" firmasi bilan birgalikda bir oy muddatda "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasida kalava, trikotaj polotno va tikuv buyumlari ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda еkspertiza qilish uchun kiritsin.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda "Marubeni korporeyshn" va "Bursel tekstil" kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan parametrlar hamda O`zbekiston Respublikasi vakolatli еkspertiza organlarining xulosalari natijalari asosida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlasin.


5. "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishi parametrlari asosida Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki bilan belgilangan tartibda kredit bitimini hamda "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasining qarz mablag`larini qayta moliyalashtirish uchun subqarz bitimini tuzsin.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri "Asaka" bankining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki oldidagi to`lov majburiyatlari bo`yicha hamda "Asaka" bankiga "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasining majburiyatlari bo`yicha belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolat berishga vakil qilinsin.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi kafolatlari bo`yicha yuridik xulosani kredit bitimida belgilangan shakl bo`yicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.


6. "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasi ob’ekt qurilishini tugallash uchun respublika qurilish kompaniyalari o`rtasida subpudrat shartlarida qurilish ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda tanlov savdolari o`tkazsin.


7. "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasi, istisno tariqasida, ob’ekt foydalanishga topshirilgungacha bo`lgan davrda olib kelinayotgan texnologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar, еhtiyot qismlar, qurilish materiallari va ob’ekt qurilishi uchun foydalaniladigan boshqa moddiy resurslar uchun bojxona to`lovlari to`lashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari).

8. "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet еllik mutaxassislarga mehmonxonada yashaganlik va respublikada transportning barcha turlarida yurganlik uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo`yicha haq to`lash huquqi berilsin.


9. O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi "O`zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari bo`yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok еtadigan chet еllik mutaxassislarga ko`p martalik vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


10. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi "O`zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari bo`yicha "Bursel-Bog`ot tekstil" qo`shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet еllik mutaxassislarni davlat boji to`lashdan ozod qilgan holda ularga ko`p martalik yillik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek yashash joyida vaqtincha ro`yxatdan o`tkazilishini va vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov


























Время: 0.2377
по регистрации МЮ строгое соответствие
  • Все
  • действующие
  • утратившие силу
  • Русский
  • Ўзбекча
  • Оба языка
  • любая дата
  • точная дата
  • период
  • -

Свернуть поиск