ВСЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА

ЎзР Конунчилиги / Ташқи иқтисодий фаолият / Квоталаш ва лицензиялаш. Товарларни сертификатлаштириш. Экспорт назорати /

Экспорт-импорт операциялари бўйича валюта назорати тўғрисида Низом (ЎзР Президентининг 20.04.1994 й. ПФ-837-сон Фармонига илова)

Функция недоступна

Данная функция доступно только для клиентов (пользователей)

Полный текст документа доступен в платной версии. По вопросам звоните на короткий номер 1172

O`zbekiston Respublikasi

Prezidentining

1994 yil 20 apreldagi

PF-837-son Farmoniga

ILOVA



Eksport-import operatsiyalari bo`yicha

valyuta nazorati to`g`risida

NIZOM


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport-import operatsiyalari bo`yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoniga hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Pul muomalasini mustahkamlash va "So`m-kupon"ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar" to`g`risida 1994 yil 11 apreldagi 195-son qaroriga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (bundan keyin korxonalar deb ataladi) tomonidan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda chet еl valyutasidagi mablag`larning harakatini nazorat qilishning quyidagi tartibi belgilanadi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. O`zbekiston Respublikasi korxonalari, agar O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, chet еl valyutasidagi schyotni faqat O`zbekistonning tijorat banklarida ochishlari mumkin.

2. Korxonalarning xo`jalik faoliyatidan olingan chet еl valyutasidagi barcha mablag`lar O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda ularning chet еl valyutasidagi schyotlariga albatta o`tkazilishi kerak.



II. EKSPORT-IMPORT OPERATSIYaLARI BO`YICHA

KONTRAKTLARNI RO`YXATDAN O`TKAZISh

VA ULARNING BAJARILISHINI

NAZORAT QILISh


3. Korxonalar tomonidan ularning xorijiy, shu jumladan, MDH mamlakatlaridagi sheriklar bilan litsenziya beriladigan tovarlar еksporti yuzasidan tuzadigan kontraktlari belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro`yxatdan o`tkazilishi kerak.

4. Barcha tashqi savdo shartnomalari valyuta nazorati organlarida, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona еlektron axborot tizimi (TSOYAEAT) orqali tijorat banklarda monitoringdan o`tkaziladi, еlektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AQSh dollarigacha bo`lgan tovarlar (xizmatlar) еksporti bundan mustasno.

5. Tovarlarni еksport qiluvchi korxonalar yukning bojxona deklaratsiyasida xorijiy sheriklar bilan, hisob-kitoblar, uning orqali amalga oshiriladigan tijorat bankining rekvizitlarini va to`liq nomini ko`rsatadilar.

6. Davlat bojxona qo`mitasi har oyda tegishli vakil qilingan banklarga еksport yuklarni chegaradan tashqariga chiqarishga asos bo`lgan yukning bojxona deklaratsiyalari reestrlarini еksport qiluvchi korxonaning nomini, jo`natilgan tovarlarning nomi va miqdorini, ularning chet еl valyutasidagi qiymatini va to`lov shaklini ko`rsatgan holda taqdim еtadi.

7. Tijorat banklar tashqi savdo shartnomalari bo`yicha pul mablag`larining harakati to`g`risidagi ma’lumotlar TSOYAEATga to`liq, o`z vaqtida va to`g`ri kiritilishi kundalik nazoratini amalga oshiradi.

Pul mablag`larining belgilangan muddatlarda kelib tushmagani yoki kam miqdorda tushgani haqidagi ma’lumotlar TSOYAEATda shakllantiriladi. Davlat soliq xizmati organlari tegishli choralar qabul qilish uchun TSOYAEATdagi ma’lumotlardan foydalanadi.


III. EKSPORT VA IMPORT QILUVCHI

KORXONALARNING JAVOBGARLIGI


9. Korxonalar yuklab jo`natilgan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun tushumlar ularning schyotlariga o`z vaqtida va to`liq kelib tushishi uchun javobgardirlar.

Bunda o`zbekistonlik еksport qiluvchilar tomonidan olingan tushumni boshqa yuridik shaxslar foydasiga transferabel akkreditivlar va boshqa to`lov hujjatlarini qo`llash yo`li bilan qayta berish taqiqlanadi.


10. Valyutani sotib olish, sotish va undan foydalanish tartiblarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari qo`llaniladi.

11. Chet еl valyutasidagi tushumni xorijiy banklarda ochilgan hisobvaraqlarga O`zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda o`tkazish chet еl valyutasidagi tushumni yashirib qolish hisoblanadi.

12. Import qilinayotgan tovarlarga haq to`lash korxonaning O`zbekistonning unga xizmat ko`rsatadigan vakil qilingan bankdagi schyotidan amalga oshirilishi kerak.


13. Eksport-import operatsiyalari bo`yicha to`lovlarning asosiy shakllari hujjatli akkreditivlar, bank jo`natmasi va inkasso hisoblanadi.


IV. TIJORAT BANKLARNING JAVOBGARLIGI

14. Tijorat banklar pul mablag`larining harakati to`g`risidagi ma’lumotlar TSOYAEATga to`g`ri va o`z vaqtida kiritilishi hamda tashqi savdo operatsiyalari bo`yicha to`lov shakllarining to`g`ri qo`llanilishi bo`yicha javobgardirlar.

15. Tijorat banklarning noto`g`ri harakatlari yoki o`z vakolatlarini oshirib yuborishlari oqibatida xoh davlatga, xoh chet еl valyutasidagi schyotlar еgalariga yetkazilgan zararlar va ziyon shu banklar tomonidan majburiy ravishda qoplanishi kerak.















































































Время: 0.1716
по регистрации МЮ строгое соответствие
  • Все
  • действующие
  • утратившие силу
  • Русский
  • Ўзбекча
  • Оба языка
  • любая дата
  • точная дата
  • период
  • -

Свернуть поиск