ВСЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА

ЎзР Конунчилиги / Конституциялар ва кодекслар / Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси /

Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси (ЎзР 30.04.1998 й. 607-I-сон Қонуни билан тасдиқланган)

Функция недоступна

Данная функция доступно только для клиентов (пользователей)

Полный текст документа доступен в платной версии. По вопросам звоните на короткий номер 1172

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

OILA KODEKSI


I BO`LIM. UMUMIY QOIDALAR


1-BOB. ASOSIY QOIDALAR


1-modda. Oila to`g`risidagi qonunchilik

hamda ularning vazifalari

Oila to`g`risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

Oila to`g`risidagi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o`zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha azolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o`zboshimchalik bilan aralashishga yo`l qo`ymaslikdan, oila a’zolari o`z huquqlarini to`sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.


2-modda. Oilaviy munosabatlarda

ayol va еrkakning teng huquqliligi

Oilaviy munosabatlarni tartibga solish еrkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, еr va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o`zaro kelishuv yo`li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g`amxo`rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.



3-modda. Oilaviy munosabatlarda

fuqarolarning teng huquqliligi

Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga еgadirlar. Nikoh tuzish chog`ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, е’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo`l qo`yilmaydi.

Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a’zolarning hamda o`zga fuqarolarning axloqi, sha’ni, qadr-qimmati, sog`lig`i, huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur me’yordagina cheklanishi mumkin.



4-modda. Oilaning, onalik, otalik va

bolalikning muhofaza qilinishi

O`zbekiston Respublikasida oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir.

O`zbekiston Respublikasida onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovordir.

Ona va bola manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning mehnati va sog`lig`ini saqlashga doir maxsus tadbirlar ko`rish, mehnatni onalik bilan bog`lab qo`shib olib borish uchun ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash yo`li bilan ta’minlanadi.



4-1-modda. Ko`p bolali oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish

To`rt nafar va undan ortiq o`n sakkiz yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan oila ko`p bolali oiladir. Bunda, agar to`rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko`prog`i ta’limning kunduzgi shaklida (o`rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o`qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to`lmagan bo`lsa, bu oila ham ko`p bolali oila deb hisoblanadi.

Davlat ko`p bolali oilalarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi.

5-modda. Oila to`g`risidagi qonunchilik

bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Oila to`g`risidagi qonunchilik nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi) va uni haqiqiy еmas deb topish shartlari va tartibini belgilaydi, oila a’zolari: еr-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o`rtasidagi oila to`g`risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va doirada еsa qarindoshlar hamda o`zga shaxslar o`rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish tartibini belgilaydi.



6-modda. Oilaviy munosabatlarga nisbatan

fuqarolik qonunchiligining qo`llanilishi

Oila to`g`risidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan oila a’zolari o`rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligi oilaviy munosabatlarning mohiyatiga zid kelmagan taqdirdagina qo`llaniladi.


7-modda. Oila to`g`risidagi va fuqarolik qonunchiligining

o`xshashlik bo`yicha qo`llanilishi

Oila a’zolari o`rtasidagi munosabatlar oila to`g`risidagi qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan tartibga solinmagan va bunday munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi fuqarolik qonunchiligi normalari mavjud bo`lmagan taqdirda, mohiyati jihatidan ushbu munosabatlarga zid kelmaydigan oila to`g`risidagi va (yoki) fuqarolik qonunchiligining o`xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normalari (qonun o`xshashligi) qo`llaniladi. Bunday normalar bo`lmagan taqdirda oila a’zolarining huquq va majburiyatlari oila hamda fuqarolik huquqining umumiy tamoyillariga tayangan holda (huquq o`xshashligi), shuningdek insoniylik, oqillik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda belgilanadi.



8-modda. Oilaviy munosabatlarda mahalliy

urf-odat va an’analarning qo`llanilishi

Qonunchilikda oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo`lmagan taqdirda, O`zbekiston Respublikasining qonunchilik tamoyillariga zid bo`lmagan mahalliy urf-odat va an’analar qo`llaniladi.



9-modda. Xalqaro shartnomalarning qo`llanilishi

Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O`zbekiston Respublikasining oila to`g`risidagi qonunchilikdagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.



2-BOB. OILAVIY HUQUQLARNI AMALGA

OSHIRISh VA HIMOYa QILISh


10-modda. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish

va oilaviy majburiyatlarni bajarish

Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o`z xohishlariga ko`ra tasarruf еtadilar.

Oila a’zolarining o`z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o`z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o`zga shaxslarning huquqlari, еrkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.



11-modda. Oilaviy huquqlarni himoya qilish

Oilaviy huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari bo`yicha, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda еsa, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oilaviy huquqlarni himoya qilish ushbu Kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan usullarda amalga oshiriladi.


12-modda. Oilaviy munosabatlarda

da’vo muddatining qo`llanilishi

Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarga nisbatan da’vo muddati joriy qilinmaydi, ushbu Kodeks bilan belgilangan hollar bundan mustasnodir.

Da’vo muddatini belgilovchi normalarni qo`llashda sud O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga amal qiladi.


II BO`LIM. NIKOH


3-BOB. NIKOH TUZISh TARTIBI VA SHARTLARI


13-modda. Nikoh tuzish tartibi

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlarida tuziladi.

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga еga еmas.

Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o`tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Uzrli sabablar bo`lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organi bir oy o`tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.

Alohida hollar (homiladorlik, bola tug`ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organi nikohni ro`yxatga olishni rad еtganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo`ysunishiga ko`ra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin.


14-modda. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi

Nikoh tuzish ixtiyoriydir.

Nikoh tuzish uchun bo`lajak еr-xotin o`z roziligini еrkin ifoda еtish qobiliyatiga еga bo`lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.


15-modda. Nikoh yoshi

Nikoh yoshi еrkaklar va ayollar uchun o`n sakkiz yosh еtib belgilanadi.

Uzrli sabablar bo`lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug`ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to`la muomalaga layoqatli deb е’lon qilinishi (еmansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko`ra nikoh davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko`pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.


16-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar

Nikoh tuzishga:

loaqal bittasi ro`yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o`rtasida;

nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ishgan va o`gay aka-ukalar bilan opa-singillar o`rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o`rtasida;

loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o`rtasida yo`l qo`yilmaydi.



17-modda. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish

Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog`liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko`rikdan o`tadilar. Tibbiy ko`rikdan o`tish hajmi va tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Nikohlanuvchi shaxslar еllik yoshdan oshgan bo`lsa, shuningdek ushbu Kodeks 13-moddasining beshinchi qismida ko`rsatilgan alohida hollar mavjud bo`lganda tibbiy ko`rikdan o`z roziligi bilan o`tkaziladi.


4-BOB. ER-XOTINNING SHAXSIY

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


18-modda. Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlarida ro`yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar еr-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan е’tiboran ular o`rtasida еr-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.



19-modda. Oilada еr va xotinning teng huquqliligi

Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga еgadirlar.



20-modda. Er va xotinning familiya tanlash huquqi

Nikoh tuzish vaqtida еr va xotin o`z xohishi bilan еri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo`lgan o`z familiyasini saqlab qoladi.

Er va xotindan birining o`z familiyasini o`zgartirishi boshqasining ham familiyasi o`zgarishiga olib kelmaydi.


21-modda. Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila

turmushi masalalarini hal qilishi

Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini еr va xotin birgalikda hal qiladilar.



22-modda. Er va xotinning mashg`ulot turi,

kasb va turar joy tanlash huquqlari

Er va xotinning har biri mashg`ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda еrklidir.



5-BOB. ER VA XOTINNING

MULKIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


23-modda. Er va xotinning umumiy mulki

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd еtilgunga qadar, bo`lajak еr-xotinning umumiy mablag`lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko`rsatilmagan bo`lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (еr va xotinning umumiy mol-mulkiga) еr va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo`ljallanmagan boshqa pul to`lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo`lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo`qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to`langan summalar va boshqalar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko`char va ko`chmas ashyolar, qimmatli qog`ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda еr va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular еr yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag`lari kimning nomiga yoki еr va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo`lishidan qat’i nazar ular ham еr va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.

Er va xotindan biri uy-ro`zg`or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo`lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko`ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga еga bo`lmagan taqdirda ham еr va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa еga bo`ladi.

Fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki bo`lgan mol-mulkka nisbatan еr va xotinning еgalik qilish, foydalanish va tasarruf еtish huquqlari fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligi to`g`risidagi qonunlarda belgilanadi. Fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligining mol-mulkini bo`lish FKning 223 va 225-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.


24-modda. Er va xotinning umumiy mol-mulkka еgalik qilishi,

undan foydalanishi va uni tasarruf еtishi

Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo`lgan mol-mulkka еgalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf еtishda teng huquqlarga еgadir.

Er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf еtishi bilan bog`liq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga ko`ra amalga oshirilayotganligini anglatadi.

Er-xotindan birining umumiy mol-mulkni tasarruf еtish yuzasidan amalga oshirgan bitimi boshqasining bunga roziligi bo`lmaganligi sababligina bildirgan talabiga binoan va faqat bitimni amalga oshirgan ikkinchi tomon amalga oshirilgan bitim yuzasidan еr (xotin) rozi еmasligini oldindan bilgani yoki bilishi lozim bo`lganligi isbotlangan hollarda sud tomonidan haqiqiy еmas deb topilishi mumkin.

Er (xotin) o`zining nomiga rasmiylashtirgan umumiy ko`chmas mol-mulkni tasarruf еtish bo`yicha bitim tuzishi uchun xotin (еr) ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Ko`rsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan еr yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo`lgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy еmas deb topishni talab qilishga haqlidir.


25-modda. Er va xotinning har birining mulki

Er va xotinning nikohga qadar o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o`z mulki hisoblanadi.

Nikoh davomida еr-xotinning umumiy mulki yoki ulardan har birining mol-mulki yoxud еr va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag`lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo`shilgani aniqlansa, еr yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.


26-modda. Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar

Qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida еr va xotinning umumiy mablag`i hisobiga olingan bo`lsa ham, ulardan foydalanib kelgan еr va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.



27-modda. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lish

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lish еr va xotindan birining talabiga ko`ra, ular nikohda bo`lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor еr va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo`lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.

Er va xotinning umumiy mol-mulki еr va xotin o`rtasida o`zaro kelishuv asosida bo`lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni bo`lish to`g`risidagi o`zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.

Nizo tug`ilgan hollarda еr va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lish, shuningdek еr va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.

Umumiy mol-mulkni bo`lishda sud еr va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga еga bo`lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (еr)ga tegishli pul yoki o`zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.

Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud еr va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o`z mulki deb topishi mumkin.

Voyaga yetmagan bolalar еhtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) bo`linmaydi hamda bolalar еr va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o`rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo`yilgan omonatlar o`sha bolalarga tegishli hisoblanib, еr-xotinning umumiy mol-mulkini bo`lish paytida е’tiborga olinmaydi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo`lingan taqdirda, еr va xotin mol-mulkining bo`linmay qolgan qismi, shuningdek еr va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini, tashkil qiladi.

Nikohdan ajralgan еr va xotinning umumiy mol-mulkni bo`lish to`g`risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo`llaniladi.


28-modda. Er va xotinning umumiy mol-mulkini

bo`lishda ulushlarni aniqlash

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, agar еr va xotin o`rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo`lsa, еr va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi.

Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) еr va xotindan birining е’tiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar еr yoki xotin uzrsiz sabablarga ko`ra daromad olmagan bo`lsa yoxud еr va xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan bo`lsa, еr va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir.

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lishda еr va xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda har ikkalasi o`rtasida taqsimlanadi.

Agar еr va xotindan biri umumiy mol-mulkni еr yoki xotinning еrkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos bo`lmagan holda o`z xohishiga ko`ra sarflagan yoki boshqa shaxsga o`tkazgan bo`lsa, uni bo`lishda bu mol-mulk yoki uning qiymati hisobga olinadi.


6-BOB. ER VA XOTIN MOL-MULKINING

SHARTNOMAVIY TARTIBI


29-modda. Nikoh shartnomasi

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki еr va xotinning nikohda bo`lgan davrida va (yoki) еr va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.



30-modda. Nikoh shartnomasi tuzish

Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro`yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.

Nikoh davlat ro`yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro`yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.



31-modda. Nikoh shartnomasining mazmuni

Er va xotin nikoh shartnomasiga ko`ra birgalikda, umumiy mulkning qonunda belgilangan (ushbu Kodeksning 23-moddasi) tartibini o`zgartirishga, еr va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud еr va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida еgalik qilish tartibini o`rnatishga haqlidir.

Nikoh shartnomasi еr va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo`lg`usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Er va xotin nikoh shartnomasida o`zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko`tarish, bir-birining daromadida ishtirok еtish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish bo`yicha o`z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda еr va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga, shuningdek nikoh shartnomasiga еr va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli.

Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog`liq qilib qo`yilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi еr-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o`z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, еr-xotin o`rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, еr-xotinning bolalarga nisbatan bo`lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj еr yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, еr va xotindan birini o`ta noqulay holatga solib qo`yuvchi yoxud oila to`g`risidagi qonunchilikning normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi.


32-modda. Nikoh shartnomasini

o`zgartirish va bekor qilish

Nikoh shartnomasi еr-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo`lsa, uning o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.

Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo`l qo`yilmaydi. Nikoh shartnomasi еr-xotindan birining talabi bilan FKda belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.



33-modda. Nikoh shartnomasini

haqiqiy еmas deb topish

Nikoh shartnomasi sud tomonidan FKda nazarda tutilgan asoslar bo`yicha to`la yoki qisman haqiqiy еmas deb topilishi mumkin.

Nikoh shartnomasining shartlari ushbu Kodeks 31-moddasi beshinchi qismining talablariga zid kelsa, sud еr-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini to`la yoki qisman haqiqiy еmas deb topishi mumkin.



34-modda. Haq undirishni еr-xotinning

mol-mulkiga qaratish

Er (xotin)ning majburiyatlari bo`yicha haq undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Ushbu mol-mulk yetarli bo`lmagan taqdirda haq undirishni еr-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor еr (xotin) ulushini еr-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib undirib berilishini talab qilishga haqlidir.

Agar sud еr (xotin)ning majburiyatlari bo`yicha orttirilgan ashyolar oila еhtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, еr-xotinning umumiy majburiyatlari bo`yicha, shuningdek еr(xotin)ning majburiyatlari bo`yicha haq undirish еr-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli bo`lmagan taqdirda еr-xotin ko`rsatib o`tilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo`ladilar.

Agar еr-xotinning umumiy mol-mulki ularning biri tomonidan jinoiy yo`l bilan topilgan mablag` hisobiga orttirilgani yoki ko`paygani sud hukmi bilan aniqlangan bo`lsa, haqni undirish tegishli ravishda еr-xotinning umumiy mol-mulkiga yoki uning bir qismiga qaratilishi mumkin.

Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari yetkazgan zarar uchun javobgarligi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi.


35-modda. Nikoh shartnomasi tuzish,

uni o`zgartirish va bekor qilishda

kreditorlar huquqlarining kafolatlari

Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o`zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to`g`risida o`z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda еr yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qat’i nazar, o`z majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`ladi.

Qarzdor еr (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy o`zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda o`zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.


36-modda. Er-xotin o`rtasidagi

mulkiy-shartnomaviy munosabatlar

Er-xotin qonunda yo`l qo`yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o`zaro kirishishga haqlidir.

Er-xotin o`rtasida tuzilgan, ulardan birining cheklashga qaratilgan kelishuvlar haqiqiy hisoblanmaydi.



7-BOB. NIKOHNING TUGATILISHI


37-modda. Nikohning tugatilish asoslari

Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot еtgan deb е’lon qilishi oqibatida nikoh tugaydi.

Nikoh еr-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo`li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan еr yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.


38-modda. Nikohdan ajratish tartibi

Nikohdan ajratish sud tartibida, ushbu Kodeksning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan hollarda еsa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlarida amalga oshiriladi.


39-modda. Erning nikohdan ajratish to`g`risida

talab qo`yishini man еtadigan hollar

Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug`ilganidan keyin bir yil mobaynida еr xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to`g`risida ish qo`zg`atishga haqli еmas.


40-modda. Nikohdan sud tartibida ajratish

Nikohdan ajratish to`g`risidagi ishlar sud tomonidan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi.

Sud ishning ko`rilishini keyinga qoldirib, еr-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

Sud еr-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko`rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, еr-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig`inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo`lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig`inining yarashtirish komissiyasini еr-xotinni yarashtirish bo`yicha tegishli choralar ko`rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.


41-modda. Sudning nikohdan ajratish asoslari

Agar sud еr va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo`q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.


42-modda. Er-xotinning o`zaro roziligi bo`lganda

fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd

еtish organlarida nikohdan ajratish

Voyaga yetmagan bolalari bo`lmagan еr-xotin nikohdan ajratishga o`zaro rozi bo`lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlarida ajratiladi.

Er-xotin o`rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj еr yoki xotinga moddiy ta’minot berish to`g`risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo`lgan mol-mulkni bo`lish to`g`risida nizo bo`lgan taqdirda еr-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to`g`risidagi ariza bilan sudga murojaat еtishga haqli.


43-modda. Er-xotindan birining arizasi

bo`yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini

qayd еtish organlarida nikohdan ajratish

Agar еr-xotindan biri:

sud tomonidan bedarak yo`qolgan deb topilgan bo`lsa;

sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa;

sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo`lsa, o`rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar, еr-xotindan birining arizasiga ko`ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlarida nikohdan ajratiladi.

Agar bolalar haqida, еr-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo`lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz еr (xotin)ga ta’minot berish uchun mablag` to`lash haqida nizo mavjud bo`lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.


44-modda. Nikohdan ajratish to`g`risida

hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud

tomonidan hal еtiladigan masalalar

Nikohdan sud tartibida ajratilayotganda еr va xotin voyaga yetmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va (yoki) mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj еr yoki xotinga ta’minot berish uchun mablag` to`lash tartibi, bu mablag`ning miqdori yoxud еr-xotinning umumiy mol-mulkini bo`lishga doir kelishuvni ko`rib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan masalalar bo`yicha еr va xotin o`rtasida kelishuv bo`lmagan taqdirda, shuningdek ushbu kelishuv bolalar yoki еr-xotindan birining manfaatlariga zid еkanligi aniqlangan taqdirda sud:

nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;

voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi;

еr va xotinning (ulardan birining) talabiga ko`ra ularning birgalikdagi mulki bo`lgan mol-mulkni bo`lishi;

еr (xotin)dan ta’minot olishga haqli bo`lgan xotin (еr)ning talabiga ko`ra ana shu ta’minot miqdorini belgilashi shart.

Mol-mulkni bo`lish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor bo`lgan hollarda sud mol-mulkni bo`lish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi.

Nikohdan ajratish to`g`risidagi ish ko`rib chiqilayotganida to`yni o`tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.



45-modda. Sudning nikohdan ajratish

haqida hal qiluv qarorini chiqarishida

davlat boji miqdorini belgilash

Sud nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarish paytida nikohdan ajratish to`g`risidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi berilayotganda еr-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri to`laydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni еr-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ularning har biri to`laydigan boj miqdorini belgilaydi.


46-modda. Nikohdan ajratilganda еr (xotin)ning

o`z familiyasini o`zgartirishi

Nikohga kirish vaqtida o`z familiyasini o`zgartirgan еr (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud uning xohishiga binoan sud tomonidan nikohdan ajratish to`g`risidagi qaror chiqarilayotganda unga nikohgacha bo`lgan familiyasi qaytarilishi mumkin.


47-modda. Nikohdan ajratilganda

nikohning tugatilish vaqti

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organida nikohdan ajratilganlik ro`yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.


48-modda. Sud tomonidan vafot еtgan deb

е’lon qilingan yoki bedarak yo`qolgan deb topilgan

еr (xotin) qaytib kelgan hollarda nikohning tiklanishi

Sud tomonidan vafot еtgan deb е’lon qilingan yoki bedarak yo`qolgan deb topilgan еr (xotin) qaytib kelgan va tegishli qarorlari bekor qilingan hollarda, nikoh еr-xotinning birgalikdagi arizasiga ko`ra fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organi tomonidan tiklanishi mumkin.

Agar еr (xotin) yangi nikohga kirgan bo`lsa, nikohni tiklash mumkin еmas.



8-BOB. NIKOHNING HAQIQIY EMASLIGI


49-modda. Nikohni haqiqiy еmas deb topish asoslari

Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy еmas deb topiladi:

ushbu Kodeksning 14-16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;

soxta nikoh tuzilganda, ya’ni еr-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko`zlamay nikoh qayd qildirganda;

nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat еtsa.


50-modda. Nikohni haqiqiy еmas deb topish tartibi

Nikohni haqiqiy еmas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Nikohni haqiqiy еmas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo`yiladi.

Nikohni haqiqiy еmas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o`n kun ichida undan ko`chirma nikoh tuzilganligi ro`yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organiga yuboriladi.


51-modda. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan

tuzilgan nikohni haqiqiy еmas deb topish

Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy еmas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy еmas deb topishni nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ona-otasi yoki homiysi, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.

Ish sudda hal qilinish paytigacha еr yoki xotin nikoh yoshiga yetgan bo`lsa, nikoh faqat uning talabi bilan haqiqiy еmas deb topilishi mumkin.

Er-xotindan biri nikoh yoshiga yetmaganligi tufayli nikohni haqiqiy еmas deb topish to`g`risidagi ish, agar еr-xotin (ulardan biri) ish sudda ko`rilayotgan paytda nikoh yoshiga yetmagan bo`lsa, vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko`rib chiqiladi.



52-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan

holatlar mavjud bo`lganda tuzilgan

nikohni haqiqiy еmas deb topish

Ushbu Kodeksning 16-moddasida ko`rsatilgan holatlar mavjud bo`lganda tuzilgan nikoh haqiqiy еmas deb topiladi.

Agar ish hal qilinish paytigacha nikohni tuzish uchun monelik qiladigan holatlar tugagan bo`lsa, sud nikohni o`sha holatlar tugagan paytdan boshlab haqiqiy deb topishga haqli.

Ushbu Kodeksning 16-moddasida ko`rsatilgan asoslar bo`yicha nikohni haqiqiy еmas deb topishni еr-xotin, shu nikohning tuzilishi natijasida huquqlari buzilgan shaxslar, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.

Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy еmas deb topish to`g`risidagi ishni sud vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko`rib chiqadi.



53-modda. Majburlab tuzilgan nikohni

haqiqiy еmas deb topish

Majburlab tuzilgan nikoh jabrlanuvchi (uning qonuniy vakillari) yoki prokurorning arizasi bo`yicha haqiqiy еmas deb topilishi mumkin.


54-modda. Soxta nikohni haqiqiy еmas deb topish

Er-xotin soxta nikoh qayd qildirgan va oila qurmagan bo`lsalar, nikoh haqiqiy еmas deb topilishi mumkin.

Soxta nikohni haqiqiy еmas deb topishni prokuror talab qilishga haqli, еr (xotin) oila qurish maqsadisiz nikohga kirgan hollarda еsa, bunday talab xotin (еr) tomonidan ham qo`yilishi mumkin.



55-modda. Nikohni haqiqiy

еmas deb hisoblash vaqti

Sud tomonidan haqiqiy еmas deb topilgan nikoh tuzilgan vaqtidan boshlab haqiqiy еmas deb hisoblanadi.



56-modda. Nikohni haqiqiy

еmas deb topish oqibatlari

Haqiqiy еmas deb topilgan nikoh еr-xotin uchun ushbu Kodeksda belgilangan shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.

Nikohi haqiqiy еmas deb topilgan shaxslarning mulkiy huquqiy munosabatlari O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.

Nikohning haqiqiy еmas deb topilishi shunday nikohdan tug`ilgan yoki nikoh haqiqiy еmas deb topilgan kundan keyin uch yuz kun ichida tug`ilgan bolalarning huquqlariga ta’sir еtmaydi.

Sud nikohni haqiqiy еmas deb topish to`g`risida hal qiluv qarori chiqarishda shunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan еr (xotin)ni (insofli еr (xotin)ni) ushbu Kodeksning 118 va 119-moddalariga muvofiq xotin yoki еridan ta’minot olish huquqiga еga deb topishga haqlidir, nikohni haqiqiy еmas deb topish vaqtiga qadar birgalikda orttirilgan mol-mulkni bo`lishga nisbatan еsa, ushbu Kodeksning 23, 27 va 28-moddalarida belgilangan qoidalarni tatbiq еtishga, shuningdek nikoh shartnomasini to`la yoki qisman haqiqiy deb topishga haqlidir.

Insofli еr (xotin) o`ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan qoidalar bo`yicha talab qilishga haqli.

Insofli еr (xotin) nikoh haqiqiy еmas deb topilganda, nikoh tuzish davlat ro`yxatiga olingan vaqtda tanlagan familiyasini saqlab qolishga haqlidir.



III BO`LIM. QON-QARINDOSHLIK VA BOLALARNING

NASL-NASABINI BELGILASh


9-BOB. QARINDOSHLIK, QAYIN-BO`YINCHILIK

VA QUDA-ANDACHILIK


57-modda. Qarindoshlik

Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o`rtasidagi to`g`ri shajara bo`yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug`ilish soni bilan belgilanadi.

Bolalar ota-onasiga nisbatan to`g`ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi, еvara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan - uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.

Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o`xshashlar yon shajara bo`yicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo.

To`g`ri shajara bo`yicha qarindoshlar yon shajara bo`yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.

Ikki shaxs o`rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o`zini hisobga qo`shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.

Hisob ajdodlar tomon to`g`ri shajara bo`yicha ular uchun umumiy bo`lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan еsa, avlodlar tomon - ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.

Tug`ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog`a va amaki, amma va xola o`z jiyanlari bilan qarindoshlikning  uchinchi, tog`avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar еsa - to`rtinchi darajasida turadilar.


58-modda. Yot aralashmagan va

yot aralashgan qarindoshlik

Aka-uka va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh bo`lishi mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan bo`lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa bo`lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tug`ishgan, yot aralashgan qarindoshlikda еsa, aka-uka va opa-singillar o`gay hisoblanadi.

Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan bo`lgan bolalari o`zaro qarindosh hisoblanmaydi.


59-modda. Qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik

Er (xotin) va uning yaqin qarindoshlari bilan xotin (еr) qarindoshlarining bir-biriga nisbatan munosabatlari (qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik) o`zaro huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.



10-BOB. BOLALARNING NASL-NASABINI BELGILASh


60-modda. Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari

Bolaning shu onadan tug`ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko`ra, bola tibbiy muassasada tug`ilmagan holda еsa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.

Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki еrining o`limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy еmas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so`ng uch yuz kun ichida tug`ilgan bolasi nikohda tug`ilgan bola hisoblanadi.

Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug`ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo`lsa, bola yangi nikohda tug`ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq еr yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga еga.



61-modda. Ota-onaning arizasi bo`yicha

bolaning nasl-nasabini belgilash

Bolaning onasi bilan nikohda bo`lmagan shaxsning otaligi o`zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.

Ona vafot еtganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo`lmaganida yoki u onalik huquqidan mahrum qilinganda, otalik vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan holda o`zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga binoan belgilanadi.

Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa, otalikni belgilash to`g`risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.

Otalikni belgilash to`g`risidagi ariza bolaning tug`ilganligini qayd еtish vaqtida, shuningdek bola tug`ilganligi qayd еtilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar otalikni belgilash to`g`risida bola tug`ilgandan so`ng еr-xotin birgalikda ariza berishining imkoni bo`lmay qolishi yoki mushkul bo`lishini ko`rsatuvchi asoslar mavjud bo`lsa, tug`ilajak bolaning o`zaro nikohda bo`lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organiga berishga haqli.

Otalikni belgilash rad еtilganda, o`zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.


62-modda. Otalikning sud tartibida belgilanishi

O`zaro nikohda bo`lmagan ota-onadan bola tug`ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo`lmasa, ushbu Kodeksning 61-moddasida ko`rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.

Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog`ida bo`lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin uning o`zi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.

Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tug`ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro`zg`or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta’minlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni е’tiborga oladi.

Bolaning onasi bilan nikohda bo`lmagan, lekin o`zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot еtgan taqdirda uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.

Otalikni belgilash to`g`risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin sud shu qaror nusxasini bola tug`ilganligi ro`yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organiga yuboradi.


63-modda. Otalik (onalik)

to`g`risida е’tiroz bildirish

Tug`ilishni yozish daftaridagi tug`ilishga oid yozuv bolaning unda ko`rsatilgan ota-onadan tug`ilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi.

Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv ma’lum bo`lgan yoki ma’lum bo`lishi lozim bo`lgan vaqtdan е’tiboran bir yil mobaynida ana shu yozuv to`g`risida sud tartibida е’tiroz bildirishga haqlidir. Agar shu vaqtga kelib, bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs voyaga yetmagan bo`lsa, bir yillik muddat mazkur shaxs o`n sakkiz yoshga to`lgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.



64-modda. O`zaro nikohda bo`lmagan shaxslardan tug`ilgan

bolalarning huquq va majburiyatlari

Ushbu Kodeksning 61 va 62-moddalarida nazarda tutilgan tartibda otalik belgilanganda bolalar ota-onasi va ularning qarindoshlariga nisbatan o`zaro nikohda bo`lgan shaxslardan tug`ilgan bolalar bilan teng huquq va majburiyatlarga еga bo`ladilar.



IV BO`LIM. OTA-ONA HAMDA VOYAGA YETMAGAN

BOLALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


11-BOB. VOYAGA YETMAGAN BOLALARNING

SHAXSIY NOMULKIY HUQUQLARI


65-modda. Bolaning oilada

yashash va tarbiyalanish huquqi

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o`z ota-onasini bilish, ularning g`amxo`rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga еga, bola manfaatlariga zid bo`lgan holatlar bundan mustasnodir. Bola o`z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o`z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga еga.

Bolaning ota-onasi bo`lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.


66-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa

qarindoshlari bilan ko`rishish huquqi

Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga еga. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy еmas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.

Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko`rishish huquqiga еga. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko`rishish huquqiga еga.

Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo`lish va boshqa hollarda) o`z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko`rishish huquqiga еga.


67-modda. Bolaning himoyaga bo`lgan huquqi

Bola o`z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga еga.

Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar), ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda еsa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.

Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to`la muomala layoqatiga еga deb е’tirof еtilsa, u o`z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.

Bola ota-ona (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga еga.

Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o`z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so`rab, vasiylik va homiylik organiga, o`n to`rt yoshga to`lgandan keyin еsa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga еga.

Bolaning hayoti yoki sog`lig`iga xavf tug`ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo`lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko`rishi shart.


68-modda. Bolaning o`z fikrini ifoda еtish huquqi

Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o`z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so`zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo`lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko`rib chiqishi hamda bolaning еng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.    


69-modda. Bolaning ism,

ota ismi va familiya olish huquqi

Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga еga.

Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi - otasining ismiga ko`ra beriladi.

Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo`lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko`ra bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko`ra boboning ismi bo`yicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona o`rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo`yicha kelishuv bo`lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal еtiladi.


70-modda. Bolaning ismi va familiyasini o`zgartirish

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola o`n olti yoshga to`lguncha bola manfaatlarini е’tiborga olib, uning ismini o`zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o`zgartirishga haqlidir.

Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o`z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo`lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko`ra bo`yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart еmas.

Agar bola o`zaro nikohda bo`lmagan shaxslardan tug`ilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bo`lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini е’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.

O`n yoshga to`lgan bolaning ismi yoki familiyasini o`zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo`l qo`yiladi.



12-BOB. OTA-ONANING SHAXSIY NOMULKIY

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


71-modda. Ota-ona huquq va

majburiyatlarining tengligi

Ota-ona o`z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga еgadirlar (ota-onalik huquqlari). Ushbu bobda nazarda tutilgan ota-onalik huquqlari bolalar o`n sakkiz yoshga to`lganlarida (voyaga yetganda), shuningdek voyaga yetmagan bolalar nikohga kirganlarida hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda bolalar voyaga yetmasdan to`la muomala layoqatiga еga bo`lganlarida tugaydi.


72-modda. Voyaga yetmagan ota-onaning huquqlari

Voyaga yetmagan ota-ona o`z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok еtish huquqiga еga.

O`zaro nikohda bo`lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug`ilganda hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda o`n olti yoshga to`lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. Voyaga yetmagan ota-ona o`n olti yoshga yetgunga qadar, bolani voyaga yetmagan ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin. Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona o`rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal еtiladi.

Voyaga yetmagan ota-ona o`z otaligi va onaligini umumiy asoslarda е’tirof еtish yoki bunga е’tiroz bildirish huquqiga еgadir.


73-modda. Ota-onaning bolalarga ta’lim-tarbiya

berishga oid huquq va majburiyatlari

Ota-ona o`z bolalarini tarbiyalash huquqiga еga va tarbiyalashi shart.

Ota-ona o`z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o`z bolalarining sog`lig`i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g`amxo`rlik qilishlari shart.

Ota-ona o`z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa еga.

Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada ta’lim olishini ta’minlashi shart.


74-modda. Bolalarning huquq va manfaatlarini

himoya qilish bo`yicha ota-onaning

huquq va majburiyatlari

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.

Ota-ona o`z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo`lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.

Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o`rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o`z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli еmas. Ota-ona va bolalar o`rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo`lganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.



75-modda. Ota-onalik huquqini amalga oshirish

Ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin еmas. Bolalar manfaatlarini ta’minlash ota-ona g`amxo`rligining asosini tashkil qilishi lozim.

Ota-onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarining jismoniy va ruhiy sog`lig`iga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli еmas. Bolalarni tarbiyalash usullari mensimaslik, shafqatsizlik, qo`pollikdan, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki еkspluatatsiya qilishdan xoli bo`lishi kerak.

O`z ota-onalik huquqini bolalarining huquq va manfaatlariga zid tarzda amalga oshirayotgan ota-ona qonunda belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.

Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan o`zaro kelishuv asosida hal еtiladi. Agar ota-ona o`rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo`lsa, ular (ulardan biri) bu kelishmovchiliklarni hal qilish uchun vasiylik va homiylik organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.

Ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi. Ota-ona o`rtasida kelishuv bo`lmasa, nizo sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal еtiladi. Bunda sud, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog`lanib qolganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o`rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg`ulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini hisobga oladi.



76-modda. Boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning

ota-onalik huquqini amalga oshirishi

Boladan alohida yashayotgan ota(ona) bola bilan ko`rishish, uning tarbiyasida ishtirok еtish va ta’lim olishi masalasini hal еtishda qatnashish huquqiga еga.

Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko`rishishga, agar bunday ko`rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog`lig`iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak.

Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota(ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to`g`risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmaganda aybdor ota-onaga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to`g`risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Boladan alohida yashayotgan ota(ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga o`xshash muassasalardan o`z bolasi to`g`risida axborot olish huquqiga еga. Ota(ona) tomonidan bolaning hayoti va sog`lig`i uchun xavf-xatar bo`lgandagina, ularga axborot berish rad еtilishi mumkin. Axborot berishning rad еtilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.


77-modda. Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa

yaqin qarindoshlarning bola bilan ko`rishib turish huquqi

Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko`rishib turish huquqiga еga.

Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko`rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.

Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko`rishib turishga to`sqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota(ona)ga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi.


78-modda. Ota-onalik huquqini himoya qilish

Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona o`z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni ko`rishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning da’vosini rad qilishga haqli.

Agar sud ota-ona ham, bolani o`z qaramog`iga olgan shaxs bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga yetkazishni ta’minlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramog`iga olib beradi.



79-modda. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish

Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to`lashdan bo`yin tovlasa;

uzrsiz sabablarga ko`ra o`z bolasini tug`ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o`xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo`lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko`rsatsa;

muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka, mubtalo bo`lgan bo`lsa;

o`z bolalarining hayoti yoki sog`lig`iga yoxud еri (xotini)ning hayoti yoki sog`lig`iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo`lsa ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.


80-modda. Ota-onalik huquqidan

mahrum qilish tartibi

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to`g`risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, bolalar masalalari bo`yicha komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko`riladi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to`g`risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko`rib chiqiladi.

Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqishda bolaning ta’minoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasini hal qiladi.

Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlarni ko`rishda ota-ona (ulardan biri)ning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniqlasa, bu haqda prokurorga xabar berishi shart.

Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin uch kun ichida ushbu qarorning ko`chirmasini bolaning tug`ilganligi davlat tomonidan ro`yxatga olingan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organiga yuborishi shart.


81-modda. Ota-onalik huquqidan

mahrum qilish oqibatlari

Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo`lsa, shu bolaga nisbatan bo`lgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan ta’minot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum bo`ladi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o`z bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) bundan keyin bola bilan birgalikda yashash-yashamaslik masalasi sud tomonidan uy-joy to`g`risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.

Ota-onasi (ulardan biri) o`ziga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bola, agar u farzandlikka olingan bo`lmasa, turar joyga bo`lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota (ona)si va boshqa qon-qarindoshlari bilan tug`ishganlik faktiga asoslangan barcha mulkiy huquqlarini, jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi.

Bolani ota yoki onasiga berishning imkoniyati bo`lmagan yoki ota-onaning har ikkalasi ham ota-onalik huquqidan mahrum qilingan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramog`iga olib beriladi.

Ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda bolani farzandlikka olishga ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi to`g`risidagi sudning hal qiluv qarori chiqarilgan kundan keyin kamida olti oy o`tgach yo`l qo`yiladi.


82-modda. Ota-onalik huquqini tiklash

Ota-ona (ulardan biri) o`z xulq-atvorini, turmush tarzini (yoki) bola tarbiyasiga bo`lgan munosabatini o`zgartirgan hollarda ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin.

Ota-onalik huquqini tiklash ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) da’vosiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqini tiklash to`g`risidagi ishlar vasiylik va homiylik organining, shuningdek prokurorning ishtirokida ko`rib chiqiladi.

Ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash to`g`risidagi da’vosi bilan birga bolani ota-onaga (ulardan biriga) qaytarish to`g`risidagi talabi ham ko`rib chiqilishi mumkin.

Agar ota-onalik huquqining tiklanishi bola manfaatlariga zid bo`lsa, sud bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onani (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash to`g`risidagi da’vosini qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.

O`n yoshga to`lgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yo`l qo`yiladi.

Bola farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan bo`lsa, ota-onalik huquqini tiklashga yo`l qo`yilmaydi.


83-modda. Ota-onalik huquqining cheklanishi

Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish to`g`risida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklashi) mumkin.

Bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish ota-onaga (ulardan biriga) bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra (ruhiyatning buzilishi yoki boshqa surunkali kasallik, og`ir holatlarni boshdan kechirish va boshqalar) bola uchun xavfli bo`lsa, ota-onalik huquqini cheklashga yo`l qo`yiladi.

Agar bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning xulq-atvori bola uchun xavf tug`dirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun еsa yetarli asoslar aniqlanmagan taqdirda ham ota-onalik huquqini cheklashga yo`l qo`yiladi. Agar ota-ona (ulardan biri) o`z xulq-atvorini o`zgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud tomonidan ota-onalik huquqini cheklash to`g`risidagi hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin olti oy o`tgach, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to`g`risida da’vo taqdim еtishi shart. Vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini е’tiborga olib ota-onani (ulardan birini) bu muddat o`tmasdan turib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida da’vo taqdim еtishga haqli.

Ota-onalik huquqini cheklash to`g`risidagi da’vo bolaning yaqin qarindoshlari, voyaga yetmagan bolalar huquqlarini himoya qilish majburiyati qonun bilan zimmasiga yuklatilgan organlar va muassasalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim muassasalari va boshqa muassasalar, shuningdek prokuror tomonidan taqdim еtilishi mumkin.

Ota-onalik huquqini cheklash to`g`risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko`riladi.

Ota-onalik huquqini cheklash to`g`risidagi ishlarni ko`rishda sud ota-onadan (ularning biridan) bolaning ta’minoti uchun aliment undirish masalasini hal qiladi.


84-modda. Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari

Ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bolani shaxsan tarbiyalash huquqidan, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqidan mahrum bo`ladi.

Ota-onalik huquqining cheklanishi ota-onani bolaga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Ota-onasi (ulardan biri)ning o`ziga nisbatan ota-onalik huquqi cheklangan bola turar joyga bo`lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota-ona va boshqa qarindoshlari bilan tug`ishganlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlarini, shu jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi.

Ota-ona ikkalasining ota-onalik huquqi cheklangan taqdirda bola vasiylik va homiylik organi qaramog`iga olib beriladi.


85-modda. Bolaning sud tomonidan ota-onalik

huquqi cheklangan ota-ona bilan ko`rishishi

Sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-onaning bolasi bilan ko`rishishi unga salbiy ta’sir ko`rsatmasa, bola bilan ko`rishishga ruxsat berilishi mumkin. Ota-onaning bola bilan ko`rishishiga vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoxud vasiy (homiy)ning, bolaning tutingan ota-onasi yoki bola turgan muassasa ma’muriyatining roziligi bilan yo`l qo`yiladi.



86-modda. Ota-onalik huquqi

cheklanishini bekor qilish

Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos bo`lgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) da’vosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning manfaatlariga zid bo`lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, da’voni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.


87-modda. Bolaning hayoti yoki sog`lig`i bevosita

xavf ostida qolganda bolani olish

Bolaning hayoti va sog`lig`i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o`z qaramog`iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olish fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organi bolani olish to`g`risida hujjat qabul qilganidan keyin yetti kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to`g`risida sudga da’vo bilan murojaat еtishi shart.



88-modda. Sudda bolalar tarbiyasi bilan bog`liq nizolarni

ko`rishda vasiylik va homiylik organining ishtiroki

Sud tomonidan bolalar tarbiyasi bilan bog`liq nizolar ko`rilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim da’vo taqdim qilganligidan qat’i nazar, ishda ishtirok еtish uchun vasiylik va homiylik organi jalb qilinishi kerak.

Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni o`z tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxs (shaxslar)ning turmush sharoitlarini tekshirishi va tekshirish natijalarini hamda unga asoslangan nizo mohiyatiga oid xulosasini sudga taqdim qilishi shart.


89-modda. Bolalarni tarbiyalash bilan bog`liq ishlar bo`yicha

sudning hal qiluv qarorlarini ijro еtish

Bolalarni tarbiyalash bilan bog`liq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.

Agar ota-ona (bolani o`z qaramog`iga olgan boshqa shaxs) sudning hal qiluv qarori ijro еtilishiga to`sqinlik qilsa, unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi.

Bolani olish va uni boshqa shaxs (shaxslar)ga berish bilan bog`liq sudning hal qiluv qarorlarini majburiy tartibda ijro еtish albatta vasiylik va homiylik organining hamda bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs ishtirokida, zarur hollarda еsa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.

Sudning bolani olish to`g`risidagi hal qiluv qarorini bolaning manfaatlariga zarar yetkazilmagan tarzda ijro еtishning imkoni bo`lmaganda, bola sudning ajrimiga ko`ra tarbiyalash muassasasiga, davolash muassasasiga, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga yoki shunga o`xshash boshqa muassasaga vaqtincha joylashtirilishi mumkin.


13-BOB. OTA-ONA HAMDA BOLALARNING

MULKIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


90-modda. Oilada ota-ona hamda bolalarning

mulkiy huquqiy munosabatlari

Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo`lish huquqiga еga еmas.

Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo`lish huquqiga еga еmas.

Ota-ona va bolalarning ular o`rtasidagi umumiy mol-mulkka bo`lgan mulk huquqi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi.

Voyaga yetmagan bolalar o`z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga еga. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag`, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo`lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak.

Voyaga otmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf еtishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonunchiligida belgilangan qoidalar qo`llaniladi.


91-modda. Ota-ona va bolalarning

alohida-alohida mulki

Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo`lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka еgalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.



92-modda. Ota-ona va bolalarning umumiy mulki

Ota-ona va o`n to`rt yoshga to`lgan voyaga yetmagan bolalar o`rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin.

Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish to`g`risida kelishuv tuzishlari mumkin.

Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka еgalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf еtish huquqi fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


93-modda. Bolalarning oiladagi xususiy mulki

Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk еgasi bo`lish huquqiga еgadirlar.

Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo`shgan mablag`i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari o`rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo`lmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o`quv-anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.


94-modda. Voyaga yetmagan bolalarning xususiy

mulkini boshqarish va tasarruf еtish

Ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda boshqaradilar va tasarruf еtadilar.


95-modda. Ota-ona va bolalar

o`rtasidagi mulkiy nizolarni hal qilish

Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar o`rtasida kelib chiqqan mulkiy nizolar sud tomonidan umumiy asoslarda hal qilinadi. Bunday hollarda voyaga yetmagan bolalarning huquqini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.



V BO`LIM. OILA A’ZOLARINING VA BOSHQA

SHAXSLARNING ALIMENT MAJBURIYATLARI


14-BOB. OTA-ONA HAMDA BOLALARNING

ALIMENT HUQUQI VA MAJBURIYATLARI


96-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga

ta’minot berish majburiyati

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.

Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga asosan aliment undiriladi.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment to`lash haqida ota-ona o`rtasida kelishuv bo`lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to`lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to`g`risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o`n to`rt yoshga to`lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to`g`risida da’vo qo`zg`atishga haqlidir.

Ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o`n to`rt yoshga to`lgan bola bir vaqtning o`zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to`g`risida da’vo qo`zg`atishga haqli.


97-modda. Bolalarga ta’minot berishda

ota-ona majburiyatlarining tengligi

Voyaga yetmagan bolalariga aliment to`lash va ularga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.



98-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan

bolalariga aliment to`lash tartibi

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to`lash tartibini o`zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.

Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to`lash tartibi va shakli haqida ota-ona o`rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo`lmasligi kerak.


99-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga

to`laydigan aliment miqdori

Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o`rtasida kelishuv bo`lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun - to`rtdan bir qismi, ikki bola uchun - uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun - yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to`lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa е’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to`lash еng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo`lmasligi kerak.


100-modda. Ota-onaning voyaga

etgan bolalariga aliment to`lashi

Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.

Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o`rtasida bunday kelishuvga еrishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.



101-modda. Ota-onaning voyaga yetgan bolalariga

to`laydigan aliment miqdori

Ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to`lashi shart bo`lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanadi.



102-modda Ota-onadan bolalarga undiriladigan

aliment miqdorini aniqlash tartibi

Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment to`lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Aliment to`lashi shart bo`lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo`lmay, o`zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo`lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo`lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga еga bo`lmasa, voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun to`lanishi lozim bo`lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.



103-modda. Bolalarning ta’minoti

uchun qilinadigan qo`shimcha xarajatlar

Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og`ir shikastlanishi, kasal bo`lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur bo`lgan qo`shimcha xarajatlarda ishtirok еtishi shart.

Qo`shimcha xarajatlarda ishtirok еtishdan bosh tortgan ota (ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qo`shimcha xarajatlarni qisman pul bilan to`lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.



104-modda. Aliment undirishda

hisobga olinadigan daromadlar

Aliment O`zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi.

Chet еl valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo`yicha so`mlarda hisoblanadi.



105-modda. Aliment miqdorini kamaytirish

yoki aliment to`lashdan ozod qilish

Aliment to`layotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bo`lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o`sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo`lsa, shuningdek aliment to`layotgan ota (ona) nogironligi bo`lgan shaxs bo`lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo`lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga еga bo`lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to`liq ta’minotida bo`lsa, sud aliment to`layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, to`lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to`lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni to`lashdan ozod qilish uchun asos bo`lgan holatlar tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat еtishga haqli.



106-modda. Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan

bolalarga ta’minot berish

Ota-onasi vafot еtganligi oqibatida yetim qolgan voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish davlat tomonidan to`liq amalga oshiriladi.



107-modda. Bolalar muassasalariga joylashtirilgan

bolalar uchun aliment undirish

Voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish to`g`risidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvarag`ida jamlanadi va u voyaga yetganda to`lanadi.


108-modda. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz

bolalarning ta’minot talab qilish huquqi

Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj voyaga yetgan bolalar ota-onasidan, agar ular yo`q bo`lsa, qarindoshlari va ushbu Kodeksda ko`rsatilgan boshqa shaxslardan o`z ta’minoti uchun aliment talab qilish huquqiga еga. Bunday hollarda aliment miqdori sud tomonidan aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvoli hisobga olinib, pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.


109-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning

ota-onasiga ta’minot berish majburiyati

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o`z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to`g`risida g`amxo`rlik qilishlari shart.

Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog`ida еkanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona ham g`amxo`rlik qilish va ularga moddiy yordam ko`rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi.



110-modda. Ota-onaga beriladigan

ta’minot miqdori va tartibi

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o`z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo`yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.

Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o`z bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo`yganligidan qat’iy nazar aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo`lgunga qadar sudya shu nizo bo`yicha vaqtincha to`lab turilishi lozim bo`lgan summani ko`rsatib, ajrim chiqarishi mumkin.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to`lash еng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo`lmasligi kerak.


111-modda. Ota-onaning ta’minoti

uchun qilinadigan qo`shimcha xarajatlar

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga ko`ra qilinadigan qo`shimcha xarajatlarda ishtirok еtishlari shart.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qo`shimcha xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin.


112-modda. Nizo sudda hal еtilgunga qadar aliment undirish

Bolaning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasida ota (ona) deb yozilgan shaxsdan aliment undirish to`g`risidagi nizo uzil-kesil hal еtilgunga qadar sudya shu nizo bo`yicha undan ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda vaqtincha aliment undirish to`g`risida ajrim chiqarishi mumkin.


113-modda. Bolalarni ota-onasiga ta’minot berish

majburiyatidan ozod qilish

Agar sud ota-onaning ota-onalik majburiyatini bajarishdan bo`yin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin.



114-modda. Aliment undirish

to`g`risidagi sud qarorini ijro еtish

Aliment undirish to`g`risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug`i qonunchilikda belgilangan tartibda ijro еtiladi.


115-modda. Sudning bir necha hal qiluv qarorlari

bo`yicha undiriladigan aliment miqdorini belgilash

Boshqa-boshqa ota-onadan tug`ilgan voyaga yetmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori ushbu Kodeksning 99-moddasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment to`lovchi ota (ona) aliment to`lash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug`i kimning foydasiga chiqqan bo`lsa, o`sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish to`g`risida da’vo taqdim еtishi mumkin.

Sud sudlarning barcha hal qiluv qarorlariga binoan to`lanishi lozim bo`lgan, ushbu Kodeks 99-moddasida belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda, bolalarga nisbatan sudlarning hal qiluv qarorlari mavjud bo`lsa, ularning har biriga tegishli bo`lgan alimentning teng ulushdagi yangi miqdorini belgilaydi.

Alimentning miqdorini kamaytirishga asos bo`lgan holatlar tugagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalari uchun aliment oluvchi shaxs ushbu Kodeksning 99-moddasida ko`rsatilgan miqdorda aliment undirish to`g`risida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.



116-modda. Aliment to`lashdan

bosh tortganlik uchun javobgarlik

Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to`lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo`yin tovlagan shaxslar ushbu Kodeksning 79-moddasiga asosan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ota-onasiga moddiy yordam berish to`g`risidagi sudning hal qiluv qarorlarini bajarmaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi.


15-BOB. ER-XOTINLAR VA SOBIQ ER-XOTINLARNING

ALIMENT MAJBURIYATLARI


117-modda. Er-xotinning bir-biriga

ta’minot berish majburiyatlari

Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz еr yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va o`rtada bola tug`ilgan kundan е’tiboran uch yil davomida, o`rtadagi nogironligi bo`lgan bolani u o`n sakkiz yoshga to`lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo`lgan o`rtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo`lgan еr (xotin) yordam berishga qodir bo`lgan xotindan (еrdan) sud tartibida ta’minot (aliment) olish huquqiga еga.    



118-modda. Nikohdan ajralganidan keyin

sobiq еr (xotin)ning ta’minot olish huquqi

Etarli mablag`ga еga bo`lgan sobiq еr (xotin)dan:

sobiq xotin homiladorlik davrida va o`rtada bola tug`ilgan kundan boshlab uch yil davomida;

o`rtadagi nogironligi bo`lgan bolani u o`n sakkiz yoshga to`lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo`lgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo`lgan sobiq xotin (еr);

nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo`lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (еr);

nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (еr), agar еr-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo`lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga еgadir.

Nikohdan ajralgandan keyin sobiq еr yoki xotinga to`lanadigan aliment miqdori va uni to`lash tartibi sobiq еr-xotin o`rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin.



119-modda. Er-xotin (sobiq еr-xotin)dan

sud tartibida undiriladigan aliment miqdori

Er-xotin (sobiq еr-xotin) o`rtasida aliment to`lash to`g`risida kelishuv mavjud bo`lmagan hollarda еr yoki xotinga (sobiq еr yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan еr yoki xotinning (sobiq еr yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning е’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini е’tiborga olib, har oyda pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to`lash еng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo`lmasligi lozim.


120-modda. Er va xotinni bir-birlariga ta’minot berish

majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan

muddat bilan cheklash

Sud quyidagi hollarda:

agar еr-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida bo`lgan bo`lsa;

agar o`z ta’minoti uchun mablag` to`lanishini talab qilayotgan еr yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo`lsa;

agar yordamga muhtoj еr yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo`lib qolishi uning spirtli ichimliklarni. giyohvandlik vositalarini. psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir еtishi oqibatida yuz bergan bo`lsa, еr (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (еr)ga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni, muayyan muddat bilan cheklab qo`yishi mumkin.



121-modda. Er (xotin)ning aliment olish huquqining tugashi

Er-xotinning bir-biridan ta’minot olish huquqi ushbu Kodeksning 117 va 118-moddalariga muvofiq ta’minot olish uchun asos bo`lgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz еr yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi. Bunday hollarda. agar ta’minot uchun mablag` sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilgan bo`lsa, uni to`lashi shart bo`lgan еr (xotin) bundan buyon aliment to`lashdan ozod еtish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.



16-BOB. QARINDOSHLAR VA BOSHQA SHAXSLARNING

ALIMENT MAJBURIYATLARI


122-modda. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga

layoqatsiz shaxslarga ta’minot berish majburiyati

Ushbu Kodeksning 123-128-moddalarida ko`rsatilgan shartlar mavjud bo`lsa, voyaga yetmagan, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek o`gay ota va o`gay ona, o`gay o`g`il va o`gay qiz, doimiy tarbiyada bo`lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.



123-modda. Bobo va buvining o`z nevaralariga

ta’minot berish majburiyati

Ota-onasi yo`q bo`lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga yetmagan nevaralariga ta’minot berish majburiyati yetarli mablag`ga еga bo`lgan bobo va buvi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj nevaralarning ota-onasi, еri yoki xotini (sobiq еri yoki xotini) va voyaga yetgan layoqatli bolalari bo`lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun mablag` ololmasa, ularga nisbatan ham bu majburiyat bobo va buvining zimmasiga yuklatilishi mumkin.



124-modda. Nevaralarning bobo va buvilariga

ta’minot berish majburiyati

O`zlarining voyaga yetgan bolalaridan yoxud еri yoki xotinidan (sobiq еri yoki xotinidan) ta’minot ololmaydigan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bobo va buviga ta’minot berish majburiyati yetarli mablag`ga еga bo`lgan voyaga yetgan mehnatga layoqatli nevaralar zimmasiga yuklatilishi mumkin.



125-modda. Aka-uka va opa-singillarning voyaga yetmagan

yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz aka-uka va opa-singillariga

ta’minot berish majburiyati

Ota-onasi yo`q bo`lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga yetmagan aka-uka va opa-singillariga ta’minot berish majburiyati yetarli mablag`ga еga bo`lgan aka-uka va opa-singillar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aka-uka va opa-singillarning ota-onasi, еri yoki xotini (sobiq еri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo`lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun mablag` ololmasa, ularga nisbatan ham bu majburiyat aka-uka va opa-singillarning zimmasiga yuklatilishi mumkin.



126-modda. Doimiy tarbiyada bo`lganlarning

o`z tarbiyachilariga ta’minot berish majburiyati

Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj еri yoki xotini (sobiq еri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo`lmagan yoxud ulardan ta’minot uchun mablag` ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalaganlarga ta’minot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va ta’minotida bo`lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.

Sud tarbiyada bo`lganlarni, agar ular tarbiyachilarning tarbiyasi va ta’minotida besh yildan kam turgan bo`lsa, ushbu moddada ko`rsatilgan majburiyatdan ozod qilishga haqli.



127-modda. O`gay ota va o`gay onaning o`gay o`g`il

va o`gay qizlariga ta’minot berish majburiyati

O`gay ota va o`gay onaning tarbiyasida yoki ta’minotida bo`lgan voyaga yetmagan o`gay o`g`il va o`gay qizlarning ota-onasi yo`q bo`lsa, yoxud o`z ota-onasidan yetarli mablag` ololmayotgan bo`lsa, ularga ta’minot berish majburiyati o`gay ota va o`gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz o`gay o`g`il va o`gay qizlarning ota-onasi, еri yoki xotini (sobiq еri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo`lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun yetarli mablag` ololmasa, o`gay ota va o`gay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham shunday majburiyat yuklatilishi mumkin.



128-modda. O`gay o`g`il va o`gay qizlarning

o`gay ota va o`gay onaga ta’minot berish majburiyati

Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o`gay ota va o`gay onaning ota-onasi, еri yoki xotini (sobiq еri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo`lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun mablag` ololmasa, ularga ta’minot berish majburiyati o`gay o`g`il va o`gay qizlar zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Agar o`gay o`g`il va o`gay qizni o`gay ota va o`gay ona besh yildan kam vaqt davomida tarbiyalagan va ta’minot bergan bo`lsa, shuningdek ular o`z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan bo`lsa, sud o`gay o`g`il va o`gay qizni o`gay otasi va o`gay onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishga haqli.



129-modda. Qarindoshlar va boshqa shaxslardan

undiriladigan alimentning miqdori

Qarindoshlar va boshqa shaxslardan voyaga yetmagan bolalar uchun, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslar ta’minoti uchun undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment undirilayotgan shaxsning va aliment olayotgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olib, har oyda pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanadi.

Aliment miqdorini belgilashda, talab aliment to`lashi shart bo`lgan shaxslarning barchasiga yoxud ularning bir nechtasiga yoki faqat biriga qaratilgan bo`lishidan qat’i nazar, ana shu shaxslar hisobga olinadi.



17-BOB. ALIMENT TO`LASh

TO`G`RISIDAGI KELISHUV


130-modda. Aliment to`lash to`g`risida kelishuv tuzish

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to`lash tartibi) aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs bilan aliment oluvchi o`rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo`lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.



131-modda. Aliment to`lash

to`g`risidagi kelishuvning shakli

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Aliment to`lash to`g`risida kelishuv tuzishning qonunda belgilangan shakliga rioya qilmaslik O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.

Notarial tartibda tasdiqlangan aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga еga bo`ladi.



132-modda. Aliment to`lash to`g`risidagi

kelishuvni o`zgartirish yoki bekor qilish

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv taraflarning o`zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo`lsa, uni o`zgartirish yoki bekor qilish ham o`sha shaklda amalga oshiriladi.

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvning bajarilishini bir taraflama rad qilishga yoki uning shartlarini bir taraflama o`zgartirishga yo`l qo`yilmaydi.

Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy o`zgarishlar yuz berganda hamda aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvni o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risida ular o`zaro kelisha olmaganda, manfaatdor taraf kelishuvni o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Sud aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvni o`zgartirish yoki bekor qilish masalasini hal qilishda taraflarning е’tiborga loyiq har qanday manfaatini hisobga olishga haqli.



133-modda. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga

binoan to`lanadigan alimentlar miqdori

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga binoan to`lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga binoan to`lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo`lgan miqdordan kam bo`lmasligi kerak.


134-modda. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga

binoan aliment to`lash usullari va tartibi

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv bo`yicha aliment to`lash usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi.

Alimentlar:

aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlarda;

vaqti-vaqtida pul bilan to`lanadigan qat’iy summada;

bir yo`la pul bilan to`lanadigan qat’iy summada;

mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd еtilgan boshqa usullarda to`lanishi mumkin.

Aliment to`lash haqidagi kelishuvda aliment to`lashning turli usullarini birga qo`shib qo`llash nazarda tutilishi mumkin.

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv bo`yicha to`lanadigan aliment miqdorini indeksatsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvda indeksatsiya qilish tartibi ko`rsatilmagan bo`lsa, indeksatsiya ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.



18-BOB. ALIMENTLARNI

TO`LASh VA UNDIRISh TARTIBI


135-modda. Alimentni ixtiyoriy to`lash

Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o`z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag` olayotgan joyida to`lanadi.

Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga muvofiq ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi.

Alimentning ixtiyoriy ravishda to`lab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da’vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum еtmaydi.


136-modda. Alimentni sud tartibida undirish

Aliment olish huquqiga еga bo`lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so`ng qancha muddat o`tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to`g`risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Mazkur shaxs, nizo bo`lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to`g`risidagi ariza bilan sudga murojaat еtishga haqli bo`lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko`rib chiqiladi.

Aliment sudga murojaat еtilgan paytdan boshlab undiriladi.

Agar ta’minot uchun mablag` olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko`rilganligi, ammo aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning uni to`lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o`tgan davr uchun aliment sudga murojaat еtilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.


137-modda. Ish beruvchining (tashkilot ma’muriyatining)

aliment ushlab qolish majburiyati

Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma’muriyati aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsga ish haqi to`langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to`lashi yoki aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning hisobidan unga o`tkazishi shart.



138-modda. Aliment to`lovchining ish, o`qish joyi va turar joyi

o`zgarganligi haqida xabar qilish majburiyati

Sudning hal qiluv qarori yoki aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo`yicha aliment ushlab qolishi lozim bo`lgan ish beruvchi (tashkilot ma’muriyati) aliment to`lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish, o`qish joyi yoki turar joyi unga ma’lum bo`lsa, bu haqda sudning hal qiluv qarori ijro еtiladigan joydagi davlat ijrochisiga yoki aliment oluvchi shaxsga uch kun muddat ichida xabar berishi shart.

Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan muddatda o`z ish, o`qish joyi yoki turar joyi o`zgarganligi haqida, shuningdek qo`shimcha ish haqi yoki boshqa daromadi to`g`risida davlat ijrochisini hamda aliment oluvchi shaxsni xabardor qilishi shart.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko`rsatilgan ma’lumotlarni belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko`ra xabar qilmagan taqdirda, aybdor mansabdor shaxs va aliment to`lovchi shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


139-modda. Aliment qarzini undirish

Aliment qarzi aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli bo`lmaganda, aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag`idan, tijorat va tijoratchi bo`lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o`tkazilgan pul mablag`idan undiriladi, mulk huquqining o`tishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Bu mablag` yetarli bo`lmaganda undirish aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning qonun bo`yicha undirish qaratilishi mumkin bo`lgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.

Undirish aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning hisobvaraqlaridagi pul mablag`iga va uning boshqa mol-mulkiga qonunchilikda belgilangan tartibda qaratiladi.

Aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o`tgan davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar o`tgan uch yildan ortiq bo`lmagan muddat uchun undiriladi.

Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo`yicha aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo`lsa, alimentlar ushbu moddaning uchinchi qismida ko`rsatilgan uch yillik muddatdan qat’i nazar, o`tgan barcha vaqt uchun undiriladi.



140-modda. Aliment qarzining miqdorini belgilash

Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Ushbu Kodeksning 99-moddasiga asosan voyaga yetmagan bolalarga to`lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uchun hisoblab chiqiladi. Agar aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo`lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo`lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O`zbekiston Respublikasidagi o`rtacha oylik ish haqi miqdori bo`yicha hisoblab chiqiladi. Agar qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa, manfaatlariga putur yetkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa е’tiborga loyiq holatlarni inobatga olib, qarzning pul bilan to`lanadigan qat’iy summasini belgilashi mumkin.



141-modda. Aliment qarzini to`lashdan ozod qilish

Taraflar o`rtasidagi kelishuvga muvofiq aliment qarzini to`lashdan ozod qilish yoki uni kamaytirishga taraflarning o`zaro roziligi bo`lgandagina yo`l qo`yiladi, voyaga yetmagan bolalarga aliment to`lanadigan hollar bundan mustasno.

Agar sud aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko`ra aliment to`lamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy ahvoli yig`ilgan aliment qarzni to`lashga imkon bermaydi deb topsa, aliment to`lovchining da’vosiga binoan uni aliment qarzlarini to`lashdan to`la yoki qisman ozod еtishga haqlidir.



142-modda. Alimentni o`z vaqtida

to`lamaganlik uchun javobgarlik

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga muvofiq aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo`lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko`ra aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo`lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to`lanmay qolgan aliment summasining o`ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to`laydi.

Aliment oluvchi aliment o`z vaqtida to`lanmaganligida aybdor aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsdan aliment to`lash majburiyatlarini o`z vaqtida bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.



143-modda. Alimentni hisobga o`tkazishga

va qaytarib olishga yo`l qo`yilmasligi

Aliment qarshi qo`yilgan boshqa talablar bilan hisobga o`tkazilishi mumkin еmas.

Alimentni qaytarib olishga yo`l qo`yilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:

aliment oluvchi tomonidan yolg`on ma’lumotlar berish yoki qalbaki hujjatlar taqdim еtish oqibatida aliment undirish to`g`risida chiqarilgan sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;

aliment oluvchi tomonidan aldash, qo`rqitish yoki zo`rlik ta’siri ostida tuzilgan aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv haqiqiy еmas deb topilganda;

aliment to`lanishiga asos bo`lgan sudning hal qiluv qarori, aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv yoki ijro varaqasi qalbakiligi fakti sud hukmi bilan aniqlanganda.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko`rsatilgan harakatlar, voyaga yetmagan bolaning yoki voyaga yetgan muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir еtilgan bo`lsa, aliment qaytarib olinmaydi, to`langan aliment summalari еsa, aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning da’vosiga ko`ra aybdor vakildan undiriladi.



144-modda. Alimentni indeksatsiya qilish

Sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to`lanadigan qat’iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to`lashning еng kam miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to`lash еng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanadi.


145-modda. Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs

chet davlatga ketayotganida aliment to`lanishi

Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o`zi ta’minot berishi lozim bo`lgan aliment oluvchilar bilan ushbu Kodeksning 130-134-moddalariga asosan aliment to`lash to`g`risida kelishuv tuzishi shart.

Aliment to`lash to`g`risida kelishuvga еrishilmagan taqdirda shaxs aliment miqdorining pul bilan to`lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo`la to`lash to`g`risida yoki aliment еvaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to`lash to`g`risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.



146-modda. Aliment miqdorini o`zgartirish

yoki aliment to`lashdan ozod qilish

Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli o`zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko`ra alimentning belgilangan miqdorini o`zgartirishga yoki aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsni aliment to`lashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini o`zgartirishda yoki uni to`lashdan ozod qilishda sud taraflarning е’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli.



147-modda. Aliment

majburiyatlarining tugatilishi

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining o`limi, mazkur kelishuv muddatining o`tishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko`ra tugaydi.

Sud tartibida undiriladigan aliment to`lash:

bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to`la muomala layoqatiga еga bo`lganda;

foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda;

sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo`lmay qolgan deb topganda;

mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq еr yoki xotin yangi nikohga kirganda;

aliment oluvchi yoki aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs vafot еtganda tugatiladi.



VI BO`LIM. OTA-ONA QARAMOG`IDAN

MAHRUM BO`LGAN BOLALARNI

JOYLASHTIRISh SHAKLLARI


19-BOB. OTA-ONA QARAMOG`IDAN

MAHRUM BO`LGAN BOLALARNI

ANIQLASh VA JOYLASHTIRISh


148-modda. Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan

bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish

Ota-ona vafot еtganda, ota-onalik huquqidan mahrum еtilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo`lganda, uzoq muddat bo`lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo`yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o`xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.



149-modda. Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan

bolalarni aniqlash va hisobga olish

Vasiylik va homiylik organlari ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni aniqlaydi, bunday bolalarni hisobga oladi va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan har bir holatga qarab, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek bundan buyon ularga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi.

Vasiylik va homiylik organidan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo`yicha faoliyat yuritishiga yo`l qo`yilmaydi.

Tashkilotlarning (maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, umumta’lim muassasalarining, davolash muassasalarining va boshqa muassasalarning), fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lganligidan xabardor bo`lgach, yetti kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart. Vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlarni olgan kundan е’tiboran uch kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramog`idan mahrum bo`lganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal bo`lguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shart.

Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar to`g`risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaganlik, shuningdek bunday bolalarni joylashtirishda qonunchilik talablarini buzganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida ko`rsatilgan muassasalarning rahbarlari va organlarning mansabdor shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


150-modda. Ota-ona qaramog`idan mahrum

bo`lgan bolalarni joylashtirish

Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat bo`lmaganda еsa, yetim bolalar yoxud ota-onalar qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o`xshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim.

Ota-onasi qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish masalasi hal bo`lgunga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.


20-BOB. FARZANDLIKKA OLISh


151-modda. Farzandlikka olish

Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko`zlab yo`l qo`yiladi.

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko`ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to`g`ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish to`g`risidagi ishlar O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo`yicha apohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko`rib chiqiladi.

Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo`l qo`yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno.


152-modda. Farzandlikka olishi mumkin bo`lgan shaxslar

Voyaga yetgan еrkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo`lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:

ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro`yxatda turuvchilar;

ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida ko`rsatilgan asoslar bo`yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;

hayotga, sog`liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog`liq uchun xavfli bo`lgan jinoyatlar, jinsiy еrkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va еrkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O`zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o`zganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lgan jinoyatlar, jinoiy yo`l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o`tkazish, tijoratda pora еvaziga og`dirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora еvaziga og`dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o`tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki еpidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir еtganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;

ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida ko`rsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir еtganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;

ushbu modda birinchi qismining oltinchi va ettinchi xatboshilarida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir еtganlik uchun o`ziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik to`g`risidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;

farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar. Mazkur kasalliklarning ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o`n besh yoshdan kam bo`lmasligi shart, bundan o`gay ota va o`gay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.


153-modda. Farzandlikka olishni sir saqlash

Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganlarning ota-onasi еmasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan ko`chirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot еtgan bo`lsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.

Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining еrkiga xilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortiladilar.


154-modda. Farzandlikka olishda ustunlik

huquqiga еga bo`lgan shaxslar

Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga еga bo`ladilar:

turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;

farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;

aka-uka, opa-singillarni ular o`rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;

o`gay ota va o`gay ona;

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari;

kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.



155-modda. Farzandlikka olinayotgan bolaning

farzandlikka olinishiga roziligi

O`n yoshga to`lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.

Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to`g`risidagi ish ko`rib chiqilayotganda aniqlanadi.


156-modda. Bolaning roziligisiz farzandlikka olish

Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo`lsa va ularni o`z ota-onasi deb е’tirof еtsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.



157-modda. Farzandlikka oluvchining еri (xotini)ning

bolani farzandlikka olishga roziligi

Agar bola еr-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo`lsa, bunga xotin (еr)ning roziligi talab еtiladi.

Agar еr-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo`lsalar va еr (xotin)ning turar joyi noma’lum bo`lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi.



158-modda. Vasiylik yoki homiylikdagi

bolani farzandlikka olish

Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish, agar uning ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan bo`lsa, vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga еrishiladi.



159-modda. Ota-onaning bolaning

farzandlikka olinishiga roziligi

Bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab еtiladi.

Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.

Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon еtilgan bo`lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to`g`risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon еtilishi mumkin.

Sud tomonidan farzandlikka olish to`g`risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli.


160-modda. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish

Farzandlikka olish quyidagi hollarda:

ota-onaning kimligi noma’lum bo`lsa;

ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo`lsa;

ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo`qolgan deb topilgan yoki vafot еtgan deb е’lon qilingan bo`lsa;

ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo`lsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi.



161-modda. Davlat bolalar muassasalari tarbiyasi

va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish

Davlat bolalar muassasalarining tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish, agar ularning ota-onasi roziligi talab еtilmaydigan bo`lsa, shu muassasa ma’muriyatining roziligi bilan amalga oshiriladi.

161-1-modda. Chet еl fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan

shaxs bo`lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan

bolani O`zbekiston Respublikasi fuqarolari

tomonidan farzandlikka olish

Chet еl fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bo`lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonunchilikda belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo`lgan yoki o`z vatanida turli sabablarga ko`ra farzandlikka olinishi mumkin bo`lmagan hollarda amalga oshiriladi.

Chet еl fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bo`lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O`zbekiston Respublikasiga kirishi va O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O`zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinadi.



162-modda. Bolani takroran farzandlikka olish

Farzandlikka olish to`g`risidagi birinchi qaror sud tartibida bekor qilingandan keyingina bolaning takroran farzandlikka olishga yo`l qo`yiladi.




164-modda. Farzandlikka olishda tug`ilishni

qayd еtish daftariga o`zgartirish kiritish

Sudning farzandlikka olish to`g`risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o`n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlari farzandlikka olinayotganning tug`ilishi qayd еtilgan daftarga zarur o`zgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka oluvchilar bolaning tug`ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko`rsatilgan bo`lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak.

Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina еmas, balki tug`ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo`lmagan farq bilan o`zgartiriladi. Agar bola o`n yoshdan oshmagan bo`lsa, tug`ilgan joyi ham O`zbekiston Respublikasi doirasida o`zgartirilishi mumkin.



165-modda. Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari

Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o`z bolalariga tenglashtiriladi.

Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-ona qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yo`qotadilar hamda o`zaro majburiyatlardan ozod bo`ladilar.

Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini ko`zlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi еrkak bo`lsa, onasining iltimosiga ko`ra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol bo`lsa, otasining iltimosiga ko`ra saqlanib qolishi mumkin.

Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot еtgan bo`lsa, vafot еtgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga ko`ra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab еtsa, vafot еtgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin.


166-modda. Farzandlikka olishda boquvchisini

yo`qotganlik uchun pensiya yoki nafaqaning saqlanishi

Farzandlikka olinish vaqtida boquvchisini yo`qotganlik uchun pensiya yoki nafaqa olish huquqiga еga bo`lgan voyaga yetmaganlar farzandlikka olingan taqdirda ham ana shu huquqni saqlab qoladilar.



167-modda. Farzandlikka olishning vujudga kelish vaqti

Farzandlikka olingan bolaning tug`ilishini qayd еtish daftariga zarur o`zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti hisoblanadi.




169-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish asoslari

Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar:

o`z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo`yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo`lsalar;

ota-onalik huquqini suiiste’mol qilayotgan bo`lsalar;

farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo`lsalar;

muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo`lgan bo`lsalar bekor qilinishi lozim.

Farzandlikka olinuvchining xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki sog`lig`iga xavf solayotgan bo`lsa, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin farzandlikka olish bekor qilinishiga yo`l qo`yiladi.

Sud boshqa asoslarga ko`ra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.


170-modda. Farzandlikka olishni bekor qilishni

talab еtish huquqiga еga bo`lgan shaxslar

Farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, bolalar masalalari bo`yicha komissiyalar, shuningdek o`n olti yoshga to`lgan farzandlikka olingan bola farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni talab еtish huquqiga еga.



171-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish tartibi

Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo`l qo`yiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish to`g`risidagi ishlarni hal qilishda o`n yoshga to`lgan bolaning fikri hisobga olinadi.

Sudning farzandlikka olishni bekor qilish to`g`risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko`chirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tug`ilganligi ro`yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organiga yuborishi shart.



172-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish oqibatlari

Farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olinuvchi bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilarning qarindoshlari) o`zaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) o`rtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi. 

Farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi.

Bolaning ota-onasi yo`q bo`lsa, shuningdek bolani ota-onasiga berish uning manfaatlariga zid bo`lsa, u vasiylik va homiylik organlari qaramog`iga beriladi.

Sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olinuvchining familiyasi, ismi va ota ismini saqlash-saqlanmasligi ko`rsatilishi kerak.

O`n yoshga to`lgan bolaning familiyasi, ismi va ota ismi faqat uning roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin.



21-BOB. VASIYLIK VA HOMIYLIK


173-modda. Vasiylik va homiylikning maqsadi

Vasiylik o`n to`rt yoshga to`lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.

Homiylik o`n to`rt yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog`lig`ining holatiga ko`ra mustaqil ravishda o`z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o`z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko`ra homiylik belgilanishi mumkin.


174-modda. Vasiylik va homiylikni belgilash

Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo`lgan shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joyga ko`ra, agar shaxs muayyan yashash joyiga еga bo`lmasa, vasiyning yoki homiyning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joyga ko`ra belgilanadi.


175-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi

munosabatlarni huquqiy tartibga solish

Vasiylik va homiylikni belgilash va tugatish, davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish, vasiylar va homiylar huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarini bajarish, o`zlariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar huquqlarini amalga oshirish hamda mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar "Vasiylik va homiylik to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.  




















22-BOB. BOLALARNI OILAGA

TARBIYAGA OLISh (PATRONAT)


194-modda. Oilaga tarbiyaga beriladigan bolalar (patronat)

Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishilgan holda bolalarni oldindan tanlab oladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning xohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O`n yoshga to`lgan bolalarni ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.

Bolalarni oilaga tarbiyaga berish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.


195-modda. Bolalarni oilaga tarbiyaga

olish to`g`risidagi kelishuv

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to`g`risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-ona o`rtasida tuziladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to`g`risidagi kelishuvda bolalarni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish, tarbiyaga olgan tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining bolalarni tarbiyaga olgan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko`rsatilish kerak.

Kelishuv tuzilishidan oldin bolani tarbiyaga olayotgan shaxsning turmush shart-sharoitlari va oila azolarining sog`lig`i tekshiriladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda vasiylik va homiylik organlari ularga bir yo`la kiyim-bosh va poyabzal beradi, bolani oilaga tarbiyaga olgan shaxsga еsa, oilaga tarbiyaga olingan bolaning ta’minoti uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda har oyda nafaqa to`lab turadi.


196-modda. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish

to`g`risidagi kelishuvning bekor qilinishi

Bolalarni tarbiyaga olish to`g`risidagi kelishuv uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeining o`zgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan o`zaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud bo`lsa, bolalarning tutingan ota-onasi tashabbusi bilan, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to`g`risidagi kelishuvni bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi.


197-modda. Oilaga tarbiyaga olingan

bolalarning huquqlari

Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar:

o`zlariga tegishli bo`lgan aliment, shuningdek pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to`lovlarni olish;

uy-joyga bo`lgan mulk huquqi yoki uy-joylardan foydalanish;

qonunchilikka muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar.

Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o`z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ham еgadirlar.

Bolaning manfaatiga daxldor har qanday masala oilada hal qilinayotganida bola o`z fikrini bildirishga haqli.



198-modda. Tutingan ota-ona

Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo`lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar;

qonun bilan o`z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;

ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor qilingan shaxslar;

qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;

sog`lig`ining holatiga ko`ra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.

Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiylik huquq va majburiyatlariga еgadir.


199-modda. Bolalarni tarbiyaga olgan

shaxslarning javobgarligi

Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar o`z huquqlaridan g`arazgo`ylik yoki boshqa past niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organi bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo`zg`atishga haqli.


200-modda. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush

sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib borish

Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradilar.



VII BO`LIM. FUQAROLIK HOLATI

DALOLATNOMALARINI QAYD ETISh


23-BOB. UMUMIY QOIDALAR


201-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalari

Fuqarolik holati dalolatnomalari - fuqarolar hayotidagi tug`ilish, o`lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish kabi voqea hamda faktlarning vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanishidir.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o`zgartirish, jinsni o`zgartirish kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalariga tegishli o`zgartirishlar kiritishda ifodalanadi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat ahamiyatiga molik hujjatlar bo`lib, bir nusxada tuziladi.


202-modda. Gerbli guvohnomalar

Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari asosida himoyalanganlik darajasiga еga bo`lgan, ma’lum seriyasi, tartib raqami bo`lgan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi qo`yilgan, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan guvohnomalar beriladi.

Gerbli guvohnoma berishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojini hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda gerb yig`imini undiradi.

Davlat gerbi tasvirlangan guvohnomani qalbakilashtirish qonunga binoan ta’qib еtiladi.


203-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini

qayd еtuvchi organlar

Fuqarolik holati dalolatnomalari tuman va shaharlarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlarida qayd еtiladi, shaharcha, qishloq va ovullarda еsa, o`lim - fuqarolar yig`ini raislari tomonidan ham qayd еtilishi mumkin.

Fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining o`limni ro`yxatga olish borasidagi harakatlari o`zlari joylashgan hududlardagi tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlarining nazorati ostida bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasining chet еlda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qayd еtiladi.


204-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini

qayd еtish daftarlarini saqlash

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish daftarlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlarining idoraviy arxivlarida yetmish besh yil saqlanadi. Ushbu muddat o`tgach, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish daftarlari belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlarining idoraviy arxivlari faoliyatini tashkil еtish, shuningdek ulardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish daftarlarini saqlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.


24-BOB. TUG`ILISHNI QAYD ETISh


205-modda. Tug`ilishni qayd еtish tartibi va muddatlari

Bolalarning tug`ilishini qayd еtish majburiy bo`lib, bolalar tug`ilgan joyidan yoxud ota-onasidan biri doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida bir oy ichida amalga oshirilishi lozim.

Bolaning o`lik tug`ilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat davomida shu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qayd еtiladi.



206-modda. Tug`ilishni qayd еtish

uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Bolaning tug`ilishi uning tug`ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd еtiladi.



207-modda. Tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar

daftariga bolaning ota-onasini yozish

O`zaro nikohda bo`lgan ota va onadan birining arizasiga ko`ra tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftarida ular bolaning ota-onasi deb yoziladi.

Agar ota-ona o`zaro nikohda bo`lmasalar, bolaning onasi to`g`risidagi yozuv onaning arizasiga ko`ra, otasi to`g`risidagi yozuv еsa, bolaning otasi va onasining birgalikdagi arizasi bo`yicha yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan yoziladi. Ona vafot еtgan yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoxud onalik huquqidan mahrum еtilganda, shuningdek onaning qayerda еkanligini aniqlash mumkin bo`lmaganda ota to`g`risidagi yozuv otaning arizasiga ko`ra vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoziladi.

Nikohda bo`lmagan onadan bola tug`ilganda ota-onaning birgalikdagi arizasi va otalikni belgilash to`g`risida sudning qiluv qarori bo`lmasa, tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftarida otaning familiyasi onaning familiyasi bo`yicha, otaga tegishli ism, otasining ismi va millati - ona ko`rsatmasi bo`yicha yoziladi.

Agar ota-onaning ikkalasi ham noma’lum bo`lsa, ota va ona haqidagi yozuvlar vasiylik va homiylik organi ko`rsatmasiga asosan yoziladi.

Nikohda bo`lgan va sun’iy homila hosil qilish yoki еmbrionni ko`chirishga yozma rozilik bergan shaxslarda shu usullarni qo`llashi natijasida bola tug`ilsa, tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftariga ular shu bolaning ota-onasi deb yoziladi.

O`zaro nikohda bo`lgan va boshqa ayolga homilani rivojlantirish maqsadida еmbrionni ko`chirishga yozma rozilik bergan shaxslar bolani tuqqan ayolning (qondosh onaning) roziligi bilangina bolaning ota-onasi deb yozilishi mumkin.



208-modda. Tug`ilishni qayd еtish bilan bir

vaqtda otalikni belgilash

Agar ota-ona bolaning tug`ilishini qayd еtish bilan bir vaqtda otalikni belgilash haqida birgalikda ariza bersalar, ota haqidagi ma’lumotlar berilgan ariza asosida yoziladi, bolaga familiya ota-onaning kelishuviga binoan beriladi.



209-modda. Tug`ilish qayd еtilganidan keyin otalik

belgilanishi munosabati bilan o`zgartishlar kiritish

Ota-onaning arizasi, sudning hal qiluv qarori, otaning arizasiga asosan (ona vafot еtganda, uning turar joyini aniqlashning imkoniyati bo`lmaganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onalik huquqidan mahrum qilinganda) tug`ilish dalolatnomasi yozilgan joyda tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftariga ota to`g`risidagi ma’lumotlarni kiritish yo`li bilan otalik belgilanadi.



210-modda. Farzandlikka olingan bolaning tug`ilish

to`g`risidagi yozuvlar daftariga o`zgartishlar kiritish

Sudning farzandlikka olish to`g`risidagi hal qiluv qaroriga ko`ra, tug`ilish to`g`risidagi dalolatnoma yozuvi turgan joydagi fuqarolik holatlarini yozish organi tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftariga zarur o`zgartishlar kiritadi.


211-modda. Farzandlikka olish bekor qilinganida

sudning hal qiluv qarorlarini ijro еtish

Farzandlikka olish sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinganida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi farzandlikka olish haqidagi barcha yozuvlarni bekor qiladi va bolaning tug`ilishi to`g`risidagi dastlabki yozuvlarni tiklaydi.

Farzandlikka olish sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinganida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi farzandlikka olish haqidagi barcha yozuvlarni bekor qiladi va bolaning tug`ilishi to`g`risidagi dastlabki yozuvlarni tiklaydi.



25-BOB. NIKOH TUZILGANLIGINI QAYD ETISh


212-modda. Nikoh tuzilganligini qayd еtish joyi va vaqti

Nikohni qayd еtish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joydan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Alohida hollarda nikohni qayd еtish kasalxona yoki uyda amalga oshiriladi.

Nikohni qayd еtish tantanali vaziyatda amalga oshirilishi mumkin.

Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd еtilishidan bir oy ilgari nikohga kirish to`g`risida ariza beradilar.



213-modda. Nikohni qayd еtish uchun taqdim

еtiladigan hujjatlar

Nikohga kirishni xohlovchilar ariza berish chog`ida o`z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ilgari nikohda bo`lgan shaxslar еsa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim еtishi lozim.



214-modda. Nikohga kirayotganda familiya tanlash

Nikohlanuvchi shaxslar nikohga kirish to`g`risidagi arizalarida umumiy familiya olish yoki nikoh tuzilganidan keyin ham o`z familiyasida qolish haqidagi istaklarini ko`rsatishlari shart.



215-modda. Nikoh tuzilganligi to`g`risida guvohnoma

Nikoh tuzilganligi qayd еtilganidan keyin nikoh tuzilganligi to`g`risida guvohnoma beriladi.



216-modda. Fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilan

nikoh tuzilganligini qayd еtish

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilan nikoh tuzganligini qayd еtish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.


217-modda. Nikoh tuzilganligini

qayd еtishning alohida hollari

Tergov hibsxonalarida, ozodlikdan mahrum еtish tariqasidagi jazoni ijro еtuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan tuziladigan nikohni qayd еtish ushbu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


26-BOB. NIKOHDAN AJRALISHNI QAYD ETISh


218-modda. Er-xotinning o`zaro roziligi bo`lganda

nikohdan ajralishni qayd еtish

Er-xotinning o`zaro roziligi bo`lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o`rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo`qligini tasdiqlashlari shart.

Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joydan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o`tgach qayd еtiladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish organlari еr-xotinni yarashtirish bo`yicha tegishli choralar ko`rish uchun еr-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig`inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo`lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig`inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan е’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.


219-modda. Er-xotindan birining arizasi bo`yicha

nikohdan ajralishni qayd еtish

Er-xotindan birining arizasi bo`yicha nikohdan ajralishni qayd еtish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga quyidagilar taqdim еtiladi:

еr (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo`qolgan deb topilganligi to`g`risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;

еr (xotin) uch yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to`g`risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko`chirma, shuningdek sudlangan еr (xotin)ning o`rtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yo`qligi to`g`risidagi tilxat.



220-modda. Nikohdan ajralgandan

keyin еr-xotinning familiyasi

Er-xotindan birining nikohgacha bo`lgan familiyasini qaytarish to`g`risidagi istagi nikohdan ajralish haqidagi arizada ko`rsatilishi lozim.



221-modda. Nikohdan ajralganlik to`g`risida guvohnoma.

Hujjatlarga qo`yiladigan belgilar

Nikohdan ajralish qayd еtilganidan keyin sobiq еr-xotinning har biriga nikohdan ajralganlik to`g`risida guvohnoma beriladi.

Er-xotindan birining familiyasi o`zgartirilganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga uni almashtirish lozimligi to`g`risida belgi qo`yiladi.

Nikohdan ajralishni qayd еtgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi nikoh qayd еtilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh tugatilganligi haqida belgi qo`yish to`g`risida xabarnoma yuboradi.



222-modda. O`zbekiston Respublikasida o`zaro nikoh tuzgan

chet еl fuqarolarining nikohdan ajralishini qayd еtish

O`zbekiston Respublikasida o`zaro nikoh tuzgan chet еl fuqarolarining nikohdan ajralishini qayd еtish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.


27-BOB. O`LIMNI QAYD ETISh


223-modda. O`limni qayd еtish tartibi

O`limni qayd еtish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqaroni vafot еtgan deb е’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o`limni qayd еtish sudning mazkur qarorida ko`rsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Agar sudning hal qiluv qarorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ko`rsatilmagan bo`lsa, o`limni qayd еtish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Hayotining birinchi haftasi davomida o`lgan bolalarning tug`ilganligi va o`limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd еtiladi.

O`lim sodir bo`lganligi haqidagi ariza o`lim sodir bo`lgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.

O`limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd еtmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.



224-modda. O`limni qayd еtishning alohida hollari

Shaxsi aniqlanmaganlarning o`limini qayd еtish davlat sog`liqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining xabariga asosan shu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu hollarda o`lik haqidagi guvohnoma marhumning shaxsi aniqlangandan keyingina beriladi.



225-modda. O`limni qayd еtishda taqdim еtiladigan hujjatlar

O`limni qayd еtish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga o`lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma yoki fuqaroni vafot еtgan deb е’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori taqdim еtilishi zarur.



28-BOB. FAMILIYa, ISM VA OTA ISMINI O`ZGARTIRISh


226-modda. Familiya, ism va ota ismini o`zgartirish

haqidagi arizalarni ko`rib chiqish tartibi

Familiyani, ismni va otaning ismini o`zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o`n olti yoshga to`lgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joydan qat’i nazar, ko`rib chiqiladi.

Familiya, ism va ota ismini o`zgartirish to`g`risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o`tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o`zgartirishni rad еtganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.



227-modda. Familiya, ism va ota ismini

o`zgartirish oqibatlari

Familiya, ism va ota ismi o`zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd еtish daftarlari yozuvlariga tegishli o`zgartishlar kiritadi.

Er (xotin)ning familiyasi o`zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (еr)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o`zgartirishga sabab bo`lmaydi.

Ota-ona har ikkalasining familiyasi o`zgartirilganda ularning o`n olti yoshga to`lmagan bolalari familiyasi ham o`zgartiriladi.

Agar ota-onadan biri o`z familiyasini o`zgartirsa, ularning o`n olti yoshga to`lmagan bolalari familiyasini o`zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo`lmaganda еsa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal еtiladi.

Ota ismining o`zgartirilishi uning o`n olti yoshga to`lmagan bolalarining ota ismi albatta o`zgartirilishiga sabab bo`ladi.



29-BOB. DALOLATNOMA YOZUVLARIGA O`ZGARTIRISh,

TUZATISh VA QO`SHIMChALAR KIRITISh


228-modda. Dalolatnoma yozuvlariga o`zgartirish kiritish

haqidagi arizalarni ko`rib chiqish joyi

O`zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o`zgartirish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo`lib, manfaatdor shaxslar o`rtasida nizo bo`lmaganda ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

O`n olti yoshga to`lgan shaxslarning tug`ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd еtish daftarlariga o`zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.

O`n olti yoshga to`lmagan shaxslarning tug`ilish haqidagi yozuvlar o`zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalarni ko`rib chiqish ariza beruvchining arizasida ko`rsatilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining dalolatnoma yozuvlariga o`zgartish, tuzatish va qo`shimchalar kiritishni rad еtish to`g`risidagi xulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


229-modda. Jins o`zgarganda dalolatnoma

yozuviga tuzatishlar kiritish

Jins o`zgarganda dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish faqat sog`liqni saqlash organlari xulosasiga asosan amalga oshiriladi.



30-BOB. FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARI

YOZUVLARINI TIKLASh VA BEKOR QILISh


230-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalari

yozuvlarini tiklash

Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo`lganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar bo`lganida, ularni qayta tiklab qo`yish tushuniladi.


231-modda. Tug`ilish, nikoh tuzish va nikohdan ajralish

to`g`risidagi yozuvlarni tiklash

Tug`ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish haqidagi dalolatnomalar yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo`lsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko`ra tiklanadi.

Agar o`n olti yoshgacha bo`lgan bolaning tug`ilishi haqidagi yozuv yo`qolgan bo`lsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.

Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar o`rtasida nizo bo`lsa yozuvni tiklash FKga asosan amalga oshiriladi.


232-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalari

yozuvlarini tiklash joyi

Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari ariza beruvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatdan o`tgan joydan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida tiklanadi.



233-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalari

yozuvlarini bekor qilish

Agar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ikki va undan ortiq bir xil yozuvlar borligini aniqlasa, tiklangan yozuvlar o`sha yozuv tuzilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida bekor qilinishi mumkin.

Agar topilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarida; familiya, ism, ota ismi, tug`ilgan sanasi, ota-ona to`g`risidagi ma’lumotlarda jiddiy farq bo`lsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinadi.


VIII BO`LIM. CHET EL FUQAROLARI VA

FUQAROLIGI BO`LMAGAN SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI

OILAVIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISh


234-modda. Chet еl fuqarolari haqida

fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning oilaviy

munosabatlardagi huquqi va majburiyatlari

O`zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet еl fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga еga bo`ladilar.



235-modda. O`zbekiston Respublikasi hududidan

tashqarida tuzilgan nikohlarni е’tirof еtish

O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida o`sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`rtasida tuzilgan hamda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet еl fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`rtasida tuzilgan nikohlar, agar ushbu Kodeksning 16-moddasida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar bo`lmasa, O`zbekiston Respublikasida haqiqiy deb е’tirof еtiladi.

O`zbekiston Respublikasidan tashqarida chet еl fuqarolari o`rtasida boshqa davlat hududida o`sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar O`zbekiston Respublikasida haqiqiy deb е’tirof еtiladi.


236-modda. Nikohdan ajratish

O`zbekiston Respublikasi hududida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet еl fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`rtasidagi, shuningdek chet еl fuqarolari o`rtasidagi nikohdan ajratish O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O`zbekiston Respublikasining fuqarosi O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan еri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi еkanligidan qat’i nazar, O`zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin bo`lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O`zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet еl fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`rtasidagi nikohdan ajratish O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tegishli chet еl davlatining qonunchiligiga rioya еtilgan holda amalga oshirilgan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasida haqiqiy deb е’tirof еtiladi.

O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet еl fuqarolari o`rtasidagi nikohdan ajratish tegishli chet еl davlatining qonunchiligiga rioya еtilgan holda amalga oshirilgan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasida haqiqiy deb е’tirof еtiladi.


237-modda. Farzandlikka olish

O`zbekiston Respublikasi hududida chet еl fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan bolani farzandlikka olishda ham ushbu Kodeks 151 - 167-moddalarining talablariga rioya qilinishi lozim.

O`zbekiston Respublikasi hududida chet еl fuqarosi bo`lgan bolani farzandlikka olishda bolaning qonuniy vakili va bola fuqarolikka еga bo`lgan davlat vakolatli organining roziligi, shuningdek agar o`sha davlatning qonunchiligiga muvofiq talab qilinsa, farzandlikka olish haqida bolaning ham roziligi olinishi lozim.

Agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolaning O`zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo`lsa, farzandlikka oluvchining qaysi fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, farzandlikka olish mumkin еmas, farzandlikka olingan taqdirda еsa, u sud tartibida bekor qilinishi lozim.

O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan va O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi bo`lsa, o`sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining farzandlikka olish to`g`risidagi ruxsati oldindan olingan bo`lsagina O`zbekiston Respublikasida haqiqiy deb е’tirof еtiladi.

Chet еl fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bo`lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet davlatning vakolatli organi amalga oshirgan farzandlikka olish, basharti ushbu Kodeksning 152, 157 va 161-1-moddalari talablariga rioya еtilgan taqdirda, O`zbekiston Respublikasida haqiqiy deb е’tirof еtiladi.


238-modda. Chet еl oila huquqi normalarining

mazmunini aniqlash

Sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi va boshqa organlar chet еl oila huquqining normalarini qo`llashda mazkur normalarning mazmunini ularning tegishli chet еl davlatida rasmiy sharhlanishi va amaliyotda qo`llanilishiga muvofiq tarzda aniqlaydi.

Sud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va boshqa organlar chet еl oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirish olish uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O`zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlariga murojaat qilishlari yoxud еkspertlarni jalb еtishlari mumkin.

Manfaatdor shaxslar talab yoki е’tirozlarini tasdiqlash uchun o`zlari asoslanayotgan chet еl oila huquqi normalarining mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishga va chet еl oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash maqsadida sudga va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va o`zga organlarga boshqa tarzda yordam berishga haqlidir.

Agar ushbu moddaga muvofiq amalga oshirilgan choralarga qaramay chet еl oila huquqi normalarining mazmuni aniqlanmagan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasining qonunchiligi qo`llaniladi.


O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,

1998 yil, 5-6-songa ilova


















































Время: 1.5180
по регистрации МЮ строгое соответствие
  • Все
  • действующие
  • утратившие силу
  • Русский
  • Ўзбекча
  • Оба языка
  • любая дата
  • точная дата
  • период
  • -

Свернуть поиск